20-§. POYADA OZIQ MODDALARNING HARAKATLANISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Barcha tirik mavjudotlar singari, o'simliklar ham oziq moddalar bilan tirik. Shunday ekan, bu oziq moddalar poyada qanday harakat qiladi, degan savol tug'iladi. Tarkibida mineral tuzlar bo'lgan suv yog'ochlik orqali ildizdan barglar tomon harakatlanadi. Buni tajribada sinab ko'rish mumkin. Buning uchun barg chiqargan novda yoki ochilib turgan gullardan foydalanish mumkin. Agar berilgan rangli suvga daraxtning bargli novdasini solib qo'yib, 2-3 soatdan keyin ko'ndalangiga va uzunasiga kesilsa, rangli suv novda bo'ylab yuqoriga ko' tarilganligi sababli yog'ochlik qism bo'yalganini ko'rish mumkin. Oziq moddalar lubdagi elak simon naylar bo'ylab harakatlanadi Shakar suvda oson erib, lubn ing elaksimon naychalari or qali o'simlikning turli qism la rida to'planadi. Shakar ayrim o'simliklarning, masalan, sabzi va lavlagining ildizmevasida, boshqalarining esa mevasi va uru g'ida to'planadi. Kartoshka tu gunagida esa shakar kraxmalga aylanadi. Oziq moddalarning barglardan lubga va u orqali boshqa organlarga o'tishini tajribada ko'rish mumkin. Buning uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida kesib olinadi. Novdalar bir vaqtda suvga solinadi. Lekin po'stlog'i halqa shaklida kesilgan novdaning faqat pastki uchi suvga tushiriladi. Oradan ikki hafta o'tgach, nazorat uchun olingan novdaning pastki qismida ildizlar paydo bo'ladi. Po'stlog'i halqa shaklida kesib olingan novdada esa ildizlar po'stlog'i kesilgan joyining (halqaning) yuqorisida hosil bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, novdaning po'stlog'i kesib olingan pastki qismiga oziq moddalar o'tmas ekan. Xulosa qilib aytganda, organik moddalarning o'simlik bo'ylab harakatlanishida lub qavati katta rol o'ynaydi. Shunday qilib, suvda erigan holdagi mineral moddalar (oziq moddalar) nay tolali bog'lamlar orqali o'simlikning barcha organlari bo'ylab harakatlanadi. O'simliklarning oziqlanishida ularning barcha organlari bir-biriga bog'liq holda ishtirok etadi. Agar ulardan birortasi qatnashmasa, oziqlanish jarayoni buziladi. Masalan, ildiz suv va unda erigan mineral tuzlarni zarur miqdorda yetkazib bermasa, barglarda organik moddalar kam hosil bo'ladi. Aksincha, barglarda organik moddalar yetishmasa, o'simliklarning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to'xtaydi. O'simlikdagi oziq moddalar harakatini o'simlik shox- shabbasiga shakl berish va qisqartirish hisobiga kerakli tomonga yo'naltirish mumkin. Masalan, g'o'zani chilpish organik moddalarni barglardan gul va mevalarga tomon yo'naltirish imkonini beradi. Shunday qilib, poyaning yog'ochlik qismi orqali suv va unda erigan mineral tuzlar, lub qavati orqali esa organik moddalar harakatlanadi. Savol va topshiriqlar Suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan bargl arga poyaning qaysi qismi orqali ko'tariladi? Organik moddalar o'simliklarning qaysi organlarida to'planadi? Barglardagi organik moddalar poyaning qaysi qavati orqali harakatlanadi? Oziq moddalar harakati yo'nalishini boshqarish mumk inmi? 26-§. POYADA OZIQ MODDALARNING HARAKATLANISHI ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: ppt