18-§. POYANING BO'YIGA O'SISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. «To'qimalar» mavzusi o'rganilganda o'simliklarning o'sish nuqtasida joylashgan hosil qiluvchi to'qima hujayralari bo'linadi, degan fikrni aytgan edik. Demak, poya uning uchida joylashgan uchki kurtakdagi hujayralarning bo'linishi hisobiga o'sadi va uzayadi. Agar poya uchidagi kurtakning boshlang'ich barglari yo'lib tashlansa, o'sish konusini ko'rish mumkin O'sish konusining yupqa kesimi mikroskopda qaralsa, u yupqa qobiqli hujayralardan tashkil topganini ko'rish mumkin. O'sish konusining hujayralari doim bo'linib turadi. Natijada, hujayralar soni asta-sekin ko'paya boradi va poyaning uchki qismi bo'yiga o'sadi. O'simliklar mo'rtagin ing boshlang'ich poyasidan aso siy poya o'sib chiqadi va undan yon novdalar hosil bo'ladi. Yon novdalarning uchki qismida ham o'sish konusiga ega uchki kurtak bo'ladi. Ular hujayralarining bo'linishi hisobiga yon novdalar bo'yiga o'sadi. Poyaning o'suvchi qismid agi hujayralar oziq modd alarga qancha boy bo'lsa, ular shuncha tez bo'linadi va tez o'sadi. Shuning uchun ham bahorda quyosh nuri ta'sirida havo isishi bilan o'simliklar tez o'sa boshlaydi. Poyalar soya va qorong 'i joyda ham o'sadi. Lekin ular nozik va zaif bo'lib, o'zi uchun zarur oziq mod dalar hosil qila olmasligi tufayli tezda nobud bo'ladi. Poyaning o'sishi uning uchki o'sish nuqtasiga bog'liq. Agar uning uchi kesib (chilpib) tashlansa, u o'sishdan to'xtaydi, ya'ni o'simlik bo'yiga o'smaydi. Bu hol yosh yon novdalar ning ko'plab o'sib chiqishiga sharoit yaratadi. Natijada, poya juda shoxlab ketadi. Poyaning bu xossasidan o'simlikshunoslikda, ayniqsa, bog'dorchilikda o'simliklarga maqsadga muvofi q shakl berishda va ulardan mo'l hosil olishda foydalaniladi. Poyaning uchki qismini chilpishdan paxtakorlar g'o'za parvarishida keng foydalanadi. Ma'lumki, yoz oylarida g'o'zaning sxonasi, guli va yetilmagan ko'saklari to'qilib ketadi, chunki bu davrda ularga oziq moddalar yetishmay qoladi. Demak, oziqning ko'p qismi g'o'za shoxlarining o'suvchi uchki qismiga sarfl anar ekan. G'o'zaning poyasi va uzunroq o'sgan ikki-uchta yon shoxlarining o'suvchi uchki qismi chilpib tashlansa, uning hosildorligi ortadi. O'simliklar turiga va o'sish sharoitiga qarab har xil tezlikda o'sadi. Masalan, tog'larda keng tarqalgan archa juda sekin o'sadi. Besh yoshli archaning bo'yi 10-15 sm ga yetadi. Aksincha, tok kabi ilashib o'suvchi o'simliklar bir yozning o'zida 10 m gacha o'sadi. O'zbekistonda tez o'sadigan daraxtlarga tol, terak, chinor, yong'oq, gilos kabi o'simliklar kiradi. Nisbatan sekin o'sadigan daraxtlarga nok, shamshod, archa, pista va boshqalar kiradi. Demak, daraxtlar uchki ko'rtagida joylashgan hosil qiluvchi to'qimaning hujayralari bo'linishi hisobiga bo'yiga o'sadi. Savol va topshiriqlar O'sish konusi qayerda joylashgan va uning aha-miyati nimadan iborat? Agar poyaning uchki qismi kesib yoki chilpib tash lansa, o'simliklarda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi? G'o'za nima uchun chilpilanadi? Qorong'ida o'sgan o'simliklar nima uchun bo'yiga o'sadi va tezda ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.07 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.07 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: ppt