5-sinf Botanika Poyaning eniga o'sishi

5-sinf Botanika Poyaning eniga o'sishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Botanika Poyaning eniga o'sishi - rasmi

Material tavsifi

19-§. POYANING ENIGA O'SISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklar poyasi hayoti davomida bo'yiga o'sgani singari, eniga ham o'sadi, yo'g'onlashadi. Bahor kelib, o'simliklar hujayralarida shira harakati boshlanishi bilan oziq moddalar barcha organlar qatori kambiyga ham yetib boradi. Oziq moddalar va suv bilan ta'minlangan kambiy hujayralari bo'lina boshlaydi. Har bir hujayra uzunasiga - ikkiga bo'li nadi. Yosh hujayralar o'sib yetilgach, ularning har biri yana ikkiga bo'linadi. Bo'linish, shu tariqa davom etaveradi. Bo'lingan hujayralarning ko'p qismi kambiydan ichki tomonga qarab o'sib, yog'ochlik hujayralariga aylanadi. Qolgan qismi esa kambiydan tashqariga qarab o'sadi va lub hujayralariga aylanadi. Shuning uchun yog'ochlik hujayralari lub hujayralariga qaraganda yo'g'on bo'ladi. Bahorda kambiyga suv va oziq moddalar ko'p borganidan uning bo'lingan hujayralari yirik bo'ladi. Yoz kelib, kunlar isishi bilan kambiyga boradigan oziq moddalar va suv kamaya boradi, natijada, bo'linadigan hujay ralar maydalashadi. Kuzda kambiy hujayralari bo'linishdan to'xtaydi, kelgusi yil bahorida esa yana bo'lina boshlaydi. Demak, har yili bahordan kuz gacha yangi yog'ochlik qavat halqasi hosil bo'ladi va u oldingi yillari hosil bo'lgan yog'ochlikni tashqi tomondan o'rab oladi. Shunday qilib, yog'ochlikning bir yil davomida hosil bo'lgan qavati yillik halqa deyiladi. Uni daraxt tanasi ko'ndalangiga kesilganda yoki to'nkasiga qarab aniq ko'rish mumkin. Yillik halqalarning soniga qarab, daraxtlarning nisbiy yoshini aniq lash mumkin Lekin hamma daraxtlarning yoshini ham halqalar soniga qarab aniqlab bo'lmaydi. Masalan, saksovulning tanasida bir yil davomida bir nechta halqa hosil bo'ladi. Bu halqalar kambiy hujayrasining har bir yomg'irdan keyingi bo'linishidan hosil bo'lgan, degan fikrlar bor. Demak, halqalarning soniga va enli yoki ensizligiga qarab daraxtlarning yoshi ni va qanday sharoitda o'sganligini aniq lash mumkin. Agar yoz quruq kelib, suv va oziq moddalar kam bo'lsa, halqalar ensiz bo'ladi. Daraxtlar tanasidagi halqalar janubga qaragan tomonida enli, shimolga qaragan tomonida ensiz bo'ladi. Shunga qarab, kompas bo'lmasa ham qutb tomonlarini aniqlash mumkin. Daraxtlar tabiatiga ko'ra turli yo'g'onlikda tana hosil qiladi. Ularning yo'g'onligi daraxtlarning yoshiga ham bog'liq. O'z bekistonda chinor 800 yil, archa esa 1 00 yilgacha ya shaydi. Ayrim daraxtlarning tanasi tez yo'g'onlashadi. Masalan, tol, terak, chinor, yong'oq, gilos va boshqalar. Lekin tanasi eniga va bo'yiga sekin o'sadigan nok, shamshod, archa kabi o'simliklar ham bor. O'simliklarning eniga tez va sekin o'sishi kambiy hujayralarining faoliyatiga bog'liq. Savol va topshiriqlar Poya qanday qilib eniga o'sadi? Kambiydan hosil bo'lgan hujayralar nima uchun yirik va mayda bo'ladi? Nima uchun yog'ochlik lubga nisbatan tez qalinlashadi? Yillik halqa deb nimaga aytiladi? Yillik halqalarga qarab nimani aniqlash mumkin? To'nkadagi halqalarning ko'rinishiga qarab qutb tomoni qanday aniqlanadi? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga