21-§. SHAKLI O'ZGARGAN YEROSTI NOVDALAR 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Shakli o'zgargan yerosti novdalar muhim biologik ahami yatga ega. Ular o'simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi, o'zida ko'p miqdorda oziq moddalar to'playdi va ular vegetativ yo'l bilan ko'payishi uchun xizmat qiladi. Shakli o'zgargan yerosti novdalar tuproq orasida shakllanadi va ularda novdalardagi singari kurtaklar hosil bo'ladi. Bunday novdalarga piyozbosh, tugunak va ildizpoyalar kiradi. O'simliklar bargida boradigan murakkab biologik jarayonlar natijasida organik (oziq) moddalar hosil bo'ladi va ular turli organlarda to'planadi. Bu moddalar o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun sarfl anadi. Oziq moddalar, asosan, o'simliklarning yerusti va yerostidagi organlarida to'planadi. Odatda, bunday organlar o'ziga xos shaklda bo'ladi. Shakli o'zgargan yerosti novdali o'simliklarga bosh piyoz, sarimsoq piyoz, anzur piyoz, lola va boychechak kabilar kiradi. Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o'simliklar piyozboshli o'simlik deyiladi. Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o'ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlaydi. Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini ko'rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan pastga qarab qo'shimcha mayda ildizlar, yuqoriga qarab esa seret barglar, gulbandlar o'sib chiqadi, ular o'rtasida esa kurtaklar joylashadi. Piyozning ana shu seret barglari shakli o'zgargan barglar bo'lib, ularning hujayralarida oziq moddalar to'planadi. Vaqt o'tishi bilan gulb andning uchida to'pgul paydo bo'ladi. Demak, piyozbosh shakli o'zgargan yerosti novdadir. Ekiladigan piyoz inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Uning tarkibida shakar, darmondori va kasallik qo'zg'atuvchi mikroblarni yo'qotuvchi moddalar ko'p. Shu tufayli u ko'p iste'mol qilinadi va undan turli taomlar tayyorlashda foydalaniladi. O'rta Osiyoda, xususan, O'zbekistonning ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: ppt