5-sinf Botanika Tugunak va ildizpoyalar

5-sinf Botanika Tugunak va ildizpoyalar

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Botanika Tugunak va ildizpoyalar - rasmi

Material tavsifi

22-§. TUGUNAK VA ILDIZPOYALAR 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015 Tugunak va ildizpoyalar o'simliklarning shakli o'zgargan yerosti novdasidir. Tugunak o'simliklarga hammamizga tanish bo'lgan kartoshka, shoyigul, batat kabilar, ildizpoyali o'sim liklarga esa g'umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirin miyaga o'xshash turlar kiradi Ulardan eng ko'p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning yerostidagi organlarida hosil bo'ladi. Demak, kartoshka shakli o'zgargan yerosti novda ekan. U, asosan, yumaloq shaklda bo'lib, o'zida ko'p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga o'xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda - ko'zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yerosti novdalardan farq qiladi. Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ko'kara boshlaydi. Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. kurtaklarning ko'p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joylashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan o'sa boshlaydi. Agar kartoshka tugunagi kesib ko'rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini ko'rish mumkin. Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko'karadi. Kraxmal boshqa o'simlikdagi singari barglarda hosil bo'lib, o'sha yerda shakarga aylanadi va po'stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to'planadi. Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytadan shakarga aylanadi. Ularning kurtaklari ana shu shakar eritmasi bilan oziqlanadi va o'sadi. So'nggi yillarda kartoshkani ko'zchalaridan ekib, hosil olishga katta e'tibor berilmoqda Kartoshkaning inson hayotidagi ahamiyati benihoya katta, u asosan oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Ildizpoya. Ildizpoyalarda qo'shimcha ildiz, shakli o'zgargan barg va kurtaklar bo'ladi. Bu kurtaklardan qulay sharoitda yangi yerusti poya o'sib chiqadi. Bunday o'simliklarni ariq bo'ylarida, zax yerlarda, o'simliklar orasida, xususan, paxtazorlarda ko'plab uchratish mumkin. Ildizpoyalarda ham kraxmal va boshqa oziq moddalar to'planadi. Ildizpoyali o'simliklardan g'umay bilan tanishamiz. U ko'p yillik yo'g'on ildizpoyali o't. Poyasi 50-150 sm baland likda. Barglari qalami nashtarsimon. Ildizpoyasi va urug'idan ko'payadi. G'umay sug'oriladigan ekinlarga katta zarar kel tiradigan o'simliklardan hisoblanadi. Uni yo'qotish uchun kuzda yerni chuqur haydab, ildizpoyani terib tashlash kabi choralar ko'riladi. Shunday qilib, tugunak va ildizpoya yerosti novdalari shaklining o'zgarishidan hosil bo'ladi. Ildizpoya o'simlikning vegetativ ko'payishi uchun xizmat qiladi. Ildizpoyalarda ham ko'p miqdorda oziq moddalar to'plan adi. Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada novdaga xos qo'shimcha ildizlar, shakli o'zgargan barg va kurtaklar bo'ladi. Savol va topshiriqlar Kartoshka tugunagi nima? Kartoshkaning tugunagida moddalar qanday to'pla-nadi? Kartoshka «ko'zcha»laridan ko'payadimi? Ildizpoya nima? Ildizpoya shakli o'zgargan novda ekanligini qanday isbotlash mumkin? Ildizpoyali begona o'tlarga qarshi qanday kura shish mumkin? Tugunakli o'simliklar qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilganligini aniqlang: Qovun, yeryong'oq, karam, kartoshka. Batat, kartoshka, shoyigul. Salomalaykum, batat, gladiolus, lavlagi. Kartoshka, qovun, tarvuz. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga