5-sinf Ona tili dars ishlanma. Ajratib yozish

5-sinf Ona tili dars ishlanma. Ajratib yozish

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Ona tili dars ishlanma. Ajratib yozish - rasmi

Material tavsifi

Ajratib yozish Qo'shma fe'lning qismlari ajratib yoziladi: sarf qil, ta'sir et, olib kel, sotib ol, olib chiq, miq etma kabi. Ajratib yozish Ko'makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, bu qadar, shuning uchun. Lekin bilan ko'makchisining -la shakli, uchun ko'makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, uning-chun kabi. Ajratib yozish Hamma, hech, har, qay, u, bu, shu, o'sha so'zlari o'zidan keyingi yoki oldingi so'zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, hech qaysi, har kim, qay kuni, u yerda, bu tomonga, shu yoqdan, o'sha yoqqa kabi. Ammo tarkibida bir so'zi ishtirok etgan birpas, biror, biroz, birato'la, birvarakayiga, birmuncha, va buyon so'zlari qo'shib yoziladi. Ajratib yozish Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to'q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so'zlar ajratib yoziladi: to'q qizil, jiqqa ho'l, tim qora, liq to'la, lang ochiq, och sariq kabi. Ajratib yozish Yildan yilga, kundan kunga, ko'pdan ko'p kabi birliklar ham ajratib yoziladi. Ajratib yozish Topshiriq. Matnni o'qing. Berilgan parchada xato yozilgan so'zlarga diqqat qiling. 239-mashq. Berilgan so'zlar imlosiga diqqat qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing. O'rta Osiyo, Janubiy Koreya, kun bo'yi, soat sayin, hamma vaqt, tim qora, yildan yilga, yangidan yangi, nuqtayi nazar, tarjimaiy hol. 240-mashq. So'zlarni qo'shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida ikki guruhga bo'lib ko'chiring. Olti ariq, qirq kokil, ko'z oynak, shaharlar aro, shirin so'z, shu yerda, baland parvoz, ish yoqmas, mehnat sevar, otash qalb, Yakka saroy, Qum qo'rg'on, kino yulduz, tele tanlov, mehmon xona, omma bop, umum jahon, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.25 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.25 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga