5-sinf Ona tili dars ishlanma. Qo'shib yozish. Ajratib yozish

5-sinf Ona tili dars ishlanma. Qo'shib yozish. Ajratib yozish

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Ona tili dars ishlanma. Qo'shib yozish. Ajratib yozish - rasmi

Material tavsifi

ONA TILI MAVZU: QO'SHIB YOZISH. AJRATIB YOZISH 5- sinf Topshiriq Tog'rayhon Kiyiko't Gulxayri Uchbarg Qushqo'nmas Omonqora 235- mashq Matndagi ikki asosdan iborat qo'shib yoziladigan so'zlarni ajratib, daftaringizga ko'chiring. Uchtog', Oltinsoy, shifobahsh, ajoyibxona, tog'rayhon, kiyiko't, gulxayri, uchbarg, omonqora, qushqo'nmas. BILIB OLING! Xona, noma, poya, bop, ham, bahsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, aro kabi so'zlar yordamida yasalgan so'zlar qo'shma so'zlar deyiladi va qo'shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo'ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug'doyrang BILIB OLING! -ar, -mas qo'shimchali qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi. BILIB OLING! Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo'rg'on, Davlatobod, Xo'jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko'hna Urganch, G'arbiy Yevropakabi joy nomlari ajratib yoziladi. Rus tilidan olingan, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto'lqin, elektrarra kabi. Bilib oling! 237- mashq otboqar xushmanzara hurmattalab qabulxona gultojixo'roz ot + boqar xush + manzara hurmat + talab qabul + xona gul + toji + xo'roz Topshiriq birzumda buyerda harvaqt hammavaqt bir zumda bu yerda har vaqt hamma vaqt harnarsa har narsa BILIB OLING! 1. Har, hech, bir, u, shu, o'sha, hamma kabi so'zlar o'zi birikib kelgan so'zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, hamma vaqt (biroz, birpas, birvarakayiga so'zlari qo'shib yoziladi). 2. Yildan yilga, kundan kunga, ko'pdan ko'p kabi birliklar ham ajratib yoziladi. 240- mashq Qo'shib yoziladigan so'zlar Ajratib yoziladigan so'zlar Oltiariq, ko'zoynak, shaharlararo, shirinso'z, balandparvoz, ishyoqmas har narsa, shu yerda, hech qachon, bu yoqqa Mustaqil bajarish uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.3 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.3 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga