ANDIJON SHAHAR 5-UMUMTA'LIM MAKTABI TARBIYA FANI O'QITUVCHISI FERUZA RAXMATULLAYEVA MAVZU: JONIVORLARGA G'AMXO'RLIK QILISH 1-topshiriq. 1. Yuqoridagi fotosuratlarda tasvirlangan ba'zi hayvonlarga qanday yordam berish haqida o'ylab ko'ring va 2. Jonivorlar ahvolini qanday belgilar bo'yicha aniqlash mumkin? 3. Siz ham nochor ahvolda qolgan hayvonlarga duch kelganmisiz? 4. Ularga qanday yordam bergansiz? 2-topshiriq. Quyidagi vaziyatlarda qanday yo'l tutardingiz. Javobingizni asoslang. 1-vaziyat. Siz maktabdan uyga qaytmoqdasiz. Yam-yashil bog'dan o'tayotib, begona bolalar daraxtdagi qushlarga tosh otayotganini, daraxt ostidagi maysalar esa tosh va patlar bilan qoplanganini ko'rib qoldingiz. 2-vaziyat. Onangiz do'kondan sut, non, kolbasa va meva sotib olishni buyurdi. Siz mahsulotlar bilan to'lgan paketlarni ko'tarib uyga qaytmoqdasiz. To'satdan o'yingizga kirish yo'lagiga ona mushuk va uning ikkita jajji bolachasi yugurib chiqdi. Ular juda ozg'in, qorni esa och edi. 3-vaziyat. Bugun siz do'stingiz bilan bog'da sayr qilishga qaror qildingiz. Yo'lni kesib o'tayotganingizda, yo'l chetida mashina urib yuborgan katta it yotganini ko'rib qoldingiz. U zorg'a nafas olar, shikastlanganligi va yordamga muhtoj ekanligi ko'rinib turardi. 4-vaziyat. Do'stingizga gapira oladigan to'tiqush sovg'a qilishdi. Do'stingiz juda xursand bo'ldi va mag'rurlandi, chunki hech kimda bunday qush yo'q edi. U maqtanib, hammaga qush haqida gapirib berardi. Biroq uyiga tashrif buyurganingizda to'tiqushning qafasi tozalanmaganligi,suvi iflosligi va ozuqasi kamligini payqadingiz. To'tiqush esa avvalgidek gapirmas, tobora holsizlanib borardi. 5-vaziyat. Bugun sinfingiz hayvonot bog'iga sayohatga boradi. U joyda katak va panjaralarga yaqinlashish va hayvonlarga ovqat berishni taqiqlovchi maxsus xulq-atvor qoidalari mavjud. Biroq sayohatdan oldin barcha bolalar cho'ntaklarini to'ldirib shokolad, karamel, shirin kulcha va mevalardan sotib oldilar. Mushuklar, itlar va boshqa hayvonlar tirik mavjudotlardir. Ularda ham yurak uradi, tomirlarida ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.92 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.92 MB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan