Antonimlar Assalomu alaykum, tengdoshlar! Sizlar bilan zid ma'noli so'zlarga bag'ishlangan darsda uchrashib turibmiz. Kelinglar, bunday qilamiz. Birinchi guruh ijobiy, ikkinchi guruh salbiy ma'nodagi so'zlarga misollar aytadi. Masalan: yaxshi - yomon, yorug' - qorong'i, oq - qora kabi Topshiriq. Matnni o'qing, ajratilgan so'zlarga diqqat qiling. Ra'no xonning ishini yangilik deb bo'ladimi? Uning o'rnida bo'lganingizda siz nima qilar edingiz? Yoshgina Ra'noxonning keksayib qolgan buvisi bor. Gullarni juda yaxshi ko'radi. Bir kuni Ra'noxon qarasa, buvisi og'ir paqirni ko'tarib, gullarga suv quyib yuribdi. Notekis pushtada baland-past o'sgan gullarning biriga ko'p, biriga oz suv tushyapti. Uning xayoliga bir fikr kelib qoldi. Paqirchasini olib chiqib, tagini mix bilan qator teshdi-da, buvisining qo'liga berdi. Yengilgina paqirchadan gullarga bir tekis suv tusha boshladi. Buvisi uning boshini silab: O'zimning dastyorimdan aylanay, deb qo'ydi. (Qiziqarli hikoyalar kitobidan) 272-mashq Innovatsiya - yangi g'oya (fikr)lar doim deb boshlanuvchi jumlani davom ettiring. Unda qarama-qarshi ma'noli so'zlardan foydalaning. Masalan: yangi - eski. 1. Yangi g'oya (fikr)lar har doim insonlarni taraqqiyot sari yetaklaydi. 2. Eski g'oya (fikr)lar rivojlanish yo'lida to'g'anoq bo'ladi. Antonim so'zlar Qarama-qarshi ma'noli so'zlarga antonim so'zlar deyiladi. Ular zid ma'noli so'zlar deb ham yuritiladi. Masalan: baland - past, yangi - eski, kecha - kunduz kabi. Antonim so'zlar Antonim so'zlar birgalikda qo'llanib, yangi so'z hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari - barcha, achchiq-chuchuk - ovqat turi, uzoq-yaqindan - hamma yoqdan. 273-mashq Sinfingizni maktabning eng ilg'or sinfiga aylantirish bo'yicha bironta tashabbus bilan chiqqanmisiz? Bu haqda fikr bildiring va unda ilg'or - qoloq, oldingi - hozirgi, tez - sekin, o'tmish - kelajak, salbiy - ijobiy kabi ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.92 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.92 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan