ANDIJON SHAHAR 5- UMUMTA'LIM MAKTABI TARBIYA FANI O'QITUVCHISI FERUZA RAXMATULLAYEVA MAVZU: BIR-BIRIMIZNI TUSHUNISHNI O'RGANAMIZ Ijobiy tuyg'ular; xursandchilik, shodlik, mamnuniyat, ilhomlanish kabi yoqimli tuyg'ulardir ! Salbiy tuyg'ular: qo'rquv, jahl, dushmanlik, umidsizlik, g'azablanish, xafagarchilik, nafratlanish kechinmalari kabi kayfiyatni tushuruvchi tuyg'ulardir! Betaraf tuyg'ular; kayfiyatga va sog'liqqa ta'sir etmaydi , lekin ular bilishga undaydi hamda ajablanish , hayratlanish , qiziqish , yangi ilmiy kashfiyotlatga intilishni yuzaga keltiradi! Tuyg'ular - insonlarga sodir bo'layotgan hodisalarga o'z munosabatini bildirish va birbirini tushunish uchun kerak. Qanchalik zid bo'lmasin, barcha ijobiy hamda salbiy tuyg'ular ahamiyatga ega. O'z kechinmalaringiz va boshqalarning kechinmalarini aniqlashni o'rganib olganingizdan keyin ularni nazorat qilishni bilishingiz kerak bo'ladi. Ayniqsa, bu qo'rquv, g'azab, nafrat, achchiqlanish kabi salbiy tuyg'ularga taalluqlidir. Nazorat qilinmaydigan salbiy tuyg'ular sog'lig'ingizni yomonlashtiradi,shuningdek do'stlar va yaqinlar bilan munosabatlaringizga ziyon yetkazadi. Agar siz g'azablansangiz, achchiqlansangiz, jahlingiz chiqsa yoki vahimaga tushsangiz, quyidagi maslahatlarni o'qing: 1. O'zingizga vaqt ajrating. Ovoz chiqarmay teskari tartibda 10 dan 0 gacha sanang. 2.Burun orqali chuqur nafas olib, og'iz orqali chiqaring. 3. Mening jahlim sababli chiqyapti, Men qo'rqyapman, chunki deb sabablarni sanab o'ting. 4. Sizning his-tuyg'ularingiz - bu o'zingizning,boshqalarning bajargan amallariga, vaziyatga, hodisalarga nisbatan javobingiz hisoblanadi. UYGA VAZIFA; Mavzuni tanlang va kichik hikoya yozing 1. Qadim zamonda bir jahldor kishi yashagan ekan… 2. Men hamma bilan ijobiy kechinmalarimni o'rtoqlash moq chi man ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
655.42 KB
Ko'rishlar soni
376 marta
Ko'chirishlar soni
179 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
655.42 KB
Ko'rishlar soni
376 marta
Ko'chirishlar soni
179 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan