5-sinf. Biz o'z hatti-harakatlarimiz uchun javobgarmiz

5-sinf. Biz o'z hatti-harakatlarimiz uchun javobgarmiz

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Biz o'z hatti-harakatlarimiz uchun javobgarmiz - rasmi

Material tavsifi

5-SINF TARBIYA DARSLIGI Biz o'z xatti-harakatlarimiz uchun javobgarmiz. (3-4-mavzu) O'QITUVCHI: FERUZA RAXMATULLAYEVA 1. Mas'uliyat nima? 2. Mas'uliyatni qanday his etish mumkin? 3. Mas'uliyatsizlik nima? 4. Qanday harakatlar mas'uliyatsizlik hisoblanadi? Mas'uliyat - bu insonning aytayotgan har bir so'zi, xatti-harakatlari va ishlari uchun javob berishga qodirligi va tayyorligi. MAS'ULIYAT QUYIDAGILARDA NAMOYON BO'LADI: Insonning o'z xatti-harakatlari va so'zlari oldida: masalan, rejalashtirgan tadbirlarni bajarishi, o'z sog'lig'iga g'amxo'rlik qilishi, o'z mol-mulkiga egalik qilishi. Oilasi va yaqinlari oldida: o'z yaqinlarini himoya qilishi, hurmat, mehr ko'rsatishi va o'zaro qo'llab-quvvatlashi. Jamiyat oldida: masalan, mamalakat qonunlariga, o'z huquq va majburiyatlariga amal qilishi, mahallada, maktabda atrofidagilarga g'amxo'rlik qilishi, Vataniga munosib farzand bo'lish uchun yaxshi o'qishi va boshqalar. MAS'ULIYATLILIK QUYIDAGILARDA YORDAM BERADI: - muhim va mustaqil qarorlar qabul qilishda; - o'z oldiga qo'ygan maqsadi tomon harakat qilishda; - xulosa chiqarib, xatolarni tuzatishda; - bergan va'dasining ustidan chiqishga harakat qilishda. Mas'uliyatsizlik - bu insonning o'z xatti-harakatlariga e'tiborsizligi. Mas'uliyatsizlik: 1. Insonni mavaffaqiyatga erishish imkonidan mahrum qiladi; 2. Insonni ojiz qiladi; 3. Insonni o'zgalarning qoidalari asosida yashashga majbur etadi; 4. Insonning shaxs sifatida shakllanishi yo'qolib boradi. Mas'uliyatsizlikni qanday yengib o'tish mumkin? 1. O'z hayotingiz, harakatlaringiz va qarorlaringizni rejalashtiring. Yaqinlaringiz, qarindoshlaringiz va do'stlaringiz hayotiga xatti-harakatlaringiz qanday ta'sir qilishi haqida o'ylang. 2. Boshlagan ishingizni oxiriga yetkazing. Har bir, hatto eng kichik ishni ham oxiriga yetkazing - bu mas'uliyatsizlikni yengib o'tishning murakkab yo'lidagi birinchi qadam. Ushbu harakatingiz bilan siz kuch, tajriba va mas'uliyatlilikni rivojlantirasiz. 3. Qo'rquv va shubhalardan xalos bo'ling. Qo'rquv va shubhalardan xoli inson erkin yashaydi, qaror qabul qilayotganda atrofga hadik bilan qaramaydi, cho'chimaydi. U natijalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.37 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 71 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.37 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 71 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga