Bo'g'in va uning ahamiyati Bo'g'in Bir yoki bir necha tovushdan tarkib topib, bir nafas chiqarish yo'li bilan talaffuz etiladigan so'zning bir bo'lagi bo'g'in deyiladi. Masalan, bo-la-lar, mak-tab, kon-sti-tut-si-ya, si-ngil, ko'-ngil, de-ngiz. Esda saqlang! Bo'g'in bir tovushdan iborat bo'lganda uning tarkibida unli tovush kelgan bo'ladi. Bir bo'g'inda, albatta, bir unli bo'lishi shart. Masalan, o-ta, o-na, a-ka, o-pa, u-ka. Bir unli ham birinchi bo'g'indagi harf, ham oxirgi bo'g'indagi harf bo'la oladi: o-ta (bu bo'g'inda o harfi ham birinchi, ham oxirgi harfdir) Bo'g'inga ajratish mu-do-fa-a mu-to-la-a Bo'g'in ko'chirish Mu-do-fa- a emas mu-do-faa Ba'zi so'zlarda bo'g'in ko'chirish (satrdan satrga ko'chirish) quyidagicha: bir unlidan iborat bo'lgan bo'g'in yakka holda satrda qoldirilmaydi yoki yakka o'zi keyingi satrga o'tkazilmaydi: o ׀ na emas ona, mu-to-la׀a emas mu-to-laa; ism va ota ismlari qisqartirilsa, familiyadan ajratib ko'chirilmaydi: S. V.׀Rahimov emas S. V. Rahimov; qisqartmalar, iboralar, ko'p xonali sonlar satrdan satrga ko'chirilmaydi: O'z׀MU, 145׀ sm, 35׀ gr (mumkin emas); sonlarga tegishli harflar satrdan satrga ko'chirilmaydi: 6-׀ A sinf emas 6-A sinf; atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam ham satrdan satrga ko'chirilmaydi: Nihol-׀2019 emas Nihol-2019 Topshiriq. Matnni o'qing. Yo'limizdagi to'siqlar Qadim zamonlarda bir podshoh saroyga keladigan yo'l ustiga katta tosh qo'ydirib, o'zi nimalar bo'lishini yashirin kuzatib o'tirdi. Yurtning eng badavlat savdogarlari, eng kuchli karvonboshilar, saroy amaldorlari bir-bir kela boshladilar. Hamma toshning atrofidan aylanib o'tib, ichkariga kirdi. Aksariyati: Xalqdan ko'p soliq olib, yo'llarga e'tibor qilmaydi, - degan ro'kachlar bilan shohdan noroziligini ovoz chiqarib gapirdi. Nihoyat, bir dehqon keldi. U saroyga meva va sabzavotlar olib kelayotgan edi. Yelkasidagi savatni yerga qo'yib, xarsangtoshni bir amallab ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.89 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.89 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan