5-sinf. Bosh harflar imlosi

5-sinf. Bosh harflar imlosi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Bosh harflar imlosi - rasmi

Material tavsifi

Bosh harflar imlosi Topshiriq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'zlarga e'tibor bering. Adiblar xiyobonida Keyingi yillarda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'i hududida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu yerda Adiblar xiyoboni tashkil etildi. Xiyobonda Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho'lpon, Qodiriy, To'lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli shoir va yozuvchilar xotirasiga bag'ishlangan yangi yodgorlik majmualari yaratildi. Adiblar xiyoboniga kelgan kishi tabiat go'zalliklaridan bahra olib qaytishi shubhasiz. Bu mo'jaz bog'ga tashrif buyurgan har bir inson, adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan siymolarning haykallari poyiga gullar qo'yadi. (Ma'rifat gazetasidan) Munosabat bildiring. Bosh harflar imlosi Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Abdulla Qodiriy, Fitrat. Bosh harflar imlosi Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: O'zbekiston (mamlakat), Navoiy (viloyat), Farg'ona (shahar), Ko'kcha (mahalla). Bosh harflar imlosi Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Xotira kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti. Bosh harflar imlosi Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Istiqlolim - istiqbolim. 242-mashq. Quyidagi so'zlarni ko'chirib yozing. Bosh harflarning ishlatilish sabablarini tushuntiring. Ominaxon, Sa'diy Sheroziy, Abdulhamid Cho'lpon, Usmon Nosir; Xiva, Mirzacho'l, Oqtoshsoy; Bobotog', Hisor; O'rta Osiyo, O'zbekiston Respublikasi, Shimoliy Amerika, Janubiy Koreya; Merkuriy, Saturn; Navro'z bayrami, Mustaqillik kuni, Ustoz va murabbiylar kuni; Sirdaryo, Jizzax. 243-mashq. Berilgan so'zlarning imlosiga diqqat qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Gulxan jurnali Tong yulduzi gazetasi Bolajon telekanali O'zbekiston Qahramoni unvoni Kamalak tashkiloti. 244-mashq. Uyga vazifa Ulug' ajdodlarga munosib avlod bo'laylik mavzusida 10-12 gapdan iborat matn tuzing. Matnda bosh harflar bilan yoziladigan so'zlardan foydalaning. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.88 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.88 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga