Chiziqcha bilan yozish Ko'l-u tоg'lik, bоg'-u rоg'lik o'zbеk еlim. Mоmо yurti, bоbо yurti Chаmbilbеlim. Zаr-u gаvhаr - yaltirоq tоsh, nеdir оlmоs, Sеn biz uchun hаm nоn, hаm оsh, mаngu mеrоs. Topshiriq. Matnni o'qing. Chiziqcha bilan yozilgan so'zlarga diqqat qiling. 245-mashq Eslang! Quyi sinflarda qanday so'zlarni chiziqcha bilan yozgan edingiz? Qaysi qo'shimchalar so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi? Chiziqcha bilan yozish Juft va takror so'zlar orasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, sekin-sekin. Chiziqcha bilan yozish Juft so'zlar orasida -u, -yu qo'shimchasi ishlatilsa, ular birinchi so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: oy-u quyosh, erta-yu kech. Chiziqcha bilan yozish So'zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: uyma-uy, dam-badam. Lekin so'z tarkibida mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, qo'shib yoziladi: ro'baro, darbadar. Chiziqcha bilan yozish -chi, -a(-ya), -ku, -u(-yu), -da, -e,-ey kabi so'zga qo'shimcha ma'no yuklovchi qo'shimchalar chiziqcha bilan yoziladi. Ammo shunday mazmundagi -mi, -oq(-yoq), -ov(-yov), -gina(-kina, -qina), -ki qo'shimchalari o'zidan oldin kelgan so'zga qo'shib yoziladi: sen-chi, keldi-da, ko'rdingmi, ertagayoq. Chiziqcha bilan yozish Bilan va uchun so'zlarining qisqargan -la va -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun. 246-mashq. Mashqni ko'chiring. Xato yozilgan so'zlarni to'g'rilab yozing. Bilinar-bilinmas, Yangiyo'l, andijon, Uch tepa, mirrix, mubina, erta-indin, asta sekin, don-dun, ikir chikir, ko'pdan-ko'p, ko'chama ko'cha, senchi?, ertaga-ya?, bir-gina, do'stu-dushman, baland-baland. 247-mashq. Uyga vazifa.Berilgan so'zlarning imlosiga diqqat qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Oy-u kun, kecha-kunduz, rang-barang, ko'raylik-chi, 5-soat, 1-may, yaxshi-da, shaharma-shahar, dum-dumaloq. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent- ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan