E va o' unlilarining talaffuzi va imlosi Topshiriq. Matnni o'qing, ajratilgan so'zlardagi unli tovushlar talaffuzi va imlosiga diqqat qiling. Bola xarajatlar uchun dadasidan olgan pullarini vaqtidan avval sarflab qo'ydi. Yaqinda ta'til boshlanadi. Pulsiz maza qilmaydi. Yo'lini topish kerak. Qo'liga tushgan jurnalda har bir xizmat uchun haq to'lanishi lozimligini o'qib, ko'zlari chaqnab ketdi. Bu mantiqqa ko'ra oilasi uchun qilgan ishlarining har biriga haq olish kerak! Do'kondan non keltirishni besh yuz so'mga, axlat to'qishni ming so'mga, onasi bilan bozorga borib kelishini uch ming so'mga baholasa, qimmatga tushmaydigandek edi. Xuddi shunday qildi. Bir varaqqa oy davomida bajaradigan ishlarini yozib narx qo'ydi. Jami yuz ming so'm bo'lgan edi. Xatni sekingina onasining yoniga solib qo'ydi. Boyish yo'lini topgandan boshi osmonda! Ertalab dars stoli ustidan yuz ming so'm pul va bir xatcha topdi: Seni dunyoga keltirganim, yillar bo'yi ustingni toza tutganim, ming azob bilan o'stirayotganimning haqi - faqat sening muhabbating va erkalab yonog'ingdan birgina o'pib qo'yganimdir. Ishlab topgan pulingni o'ynab-kulishga ishlat, bolajonim! (Ona mehri hikoyasidan) Munosabat bildiring. Oldiga qo'yganni yemoq - hayvonning ishi, Og'ziga kelganni demoq - nodonning ishi. 140-mashq. Alisher Navoiyning baytini tinglang. Unda ifodalangan fikr haqida munosabat bildiring. Unli tovushlarga diqqat qiling. Elparvar, obro'li, qo'rs, ehtiyotkor, erkatoy, erinchoq, epchil, o'jar, o'tkir, ezma, qo'rqoq, mehribon, jo'shqin, zo'ravon, g'o'daygan, ko'ngilchan. 141-mashq. E va o' tovushlari qatnashgan quyidagi insoniy xususiyatlarni ikkiga ajratib yozing. Ayrim unlilar imlosi E harfi kecha, ekran, ne'mat kabi so'zlarda to'liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so'zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi. Ayrim unlilar imlosi O' tovushli ko'l, o's, cho'l, ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan