F va v undoshlarining talaffuzi va imlosi Topshiriq. Matnni o'qing, f va v undoshlari ishtirok etgan so'zlarning talaffuziga diqqat qiling. Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilasizmi yoki musiqa tinglashni afzal ko'rasizmi? Kitob o'qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob o'qish asabiylashishga barham beradi. Xotirjam bo'lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul ham kitob o'qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg'onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o'qish esa aksincha ta'sir ko'rsatadi - miya uxlash vaqti bo'lganligini tushunadi. Kitob o'qish nafaqat so'z boyligini ko'paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. (Hikoyalar sarasidan) Munosabat bildiring. 187-mashq. Berilgan so'zlarga qavsdagi ikki harfdan zarurini qo'ying va hosil bo'lgan so'z ishtirokida gaplar tuzing. Sahi(p, f)a a(f, v)sona Sharo(f, p)at Sha(f, v)kat na(f, p)s ka(f, v)t a(f, v)tomat. Ayrim undoshlar imlosi F undoshi fil, futbol, foyda singari so'zlarda p holida o'qilsa ham, f bilan yoziladi. Ayrim undoshlar imlosi Farg'ona, afzal, afg'on kabi so'zlarda f undoshi, p yoki v holida o'qilsa ham, f bilan yoziladi. Ayrim undoshlar imlosi V undoshi avtomat, avtomobil singari so'zlarda f holida o'qilsa ham, v bilan yoziladi. 188-mashq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'zlarni daftaringizga ko'chiring. F va v undoshining imlosiga diqqat qiling. Hadisi sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik, insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita sifatida qaraladi. Ilm - bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi. Ilm va hikmat o'rganmoq foyda, u mo'min kishining yuksak fazilati va vazifasidir. Ilm muhtojlarga shavqatli bo'lishni o'rgatadi. Insonning hayot yo'llarida tayanch, yolg'iz damlarda hamfi kr va madadkordir. 189-mashq. So'zlar tarkibidagi f ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.91 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.91 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan