Foiz tushunchasi Qadimdan turmushda ko'p ishlatiladigan ulushlar maxsus nomlar bilan atalgan. Masalan, ikkidan birning - yarim, to'rtdan birning - chorak, sakkizdan birning - nimchorak deb atalishini bilamiz. Yuzdan bir ulush ham maxsus nom bilan yuritiladi va u foiz deb ataladi. «Foiz» so'zi radio va televideniye xabarlari orqali tez-tez qulog'ingizga chalingan bo'lsa kerak. Masalan, saylovga saylovchilarning 93 foizi qatnashdi, oylik maoshlar 20 foizga oshirildi, shahar transportida yurish chiptasi narxi 10 foizga oshirildi va hokazo. Miqdorning (sonning) yuzdan bir ulushi uning bir foizi deb ataladi. Masalan, 400 km ning 1 foizi - 4 km, chunki 400 ning yuzdan bir ulushi: 400 : 100 = 4. 1 kg ning 1 foizi - 10 g, chunki 1 kg = 100 g va 100 ning yuzdan bir ulushi: 100 : 100 = 10. 350 ning 1 foizi - 3,5, chunki 350 ning yuzdan bir ulushi: 350 : 100 = 3,5. Ba'zida «foiz» so'zi o'rniga qulaylik uchun «%» belgi ishlatiladi. 1 foiz - sonning (miqdorning) yuzdan bir ulushi bo'lgani uchun, bu sonning (miqdorning) o'zi - 100 foizga teng bo'ladi. Shunday qilib, 1% = 1 100 = 0,01 100% = 1 1- misol. Asakadagi avtomobil zavodi bir haftada 840 ta avtomobil ishlab chiqardi. Ularning 20 foizi «Spark» avtomobilidir. Zavod bir haftada nechta «Spark» avtomobili ishlab chiqargan? yechish: 840 ta avtomobilni 100 % desak, uning 1 foizi, yani yuzdan bir ulushi: 840 : 100 = 8,4. 100-(33+18+12+24)=? 33% 18% 12% 24% ? 207 Avtomobillarning 20 foizini topish uchun 8,4 ni 20 ga ko'paytiramiz : 8,4 ∙ 20 ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
333.76 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
333.76 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan