Fonetik hodisalar. So'zlarda tovush ortishi Yozuvda aks etadigan tovush o'zgarishlari Tovush tushishi shahar+i= shahri yig'i+la=yig'la qizil+ar=qizar ulug'+ay= ulg'ay past+ay=pasay qayir+il=qayril Tovush almashishi son+a=sana sayla+v=saylov ot+a=ata chanqa+v=chanqov yosh+a=yasha ong+la=angla Tovush orttirilishi u+ga=unga shu+da=shunda obro'+im=obro'yim shu+ga=shunga achi+q=achchiq parvo+im=parvoyim Qoida Qoida Topshiriq. Matnni diqqat bilan o'qing. O'zbekni mashhur qilgan Allapinin Inson organizmida har bir a'zoning alohida o'rni bor. Aytaylik, miya fikrlash, borliqni anglashda asosiy sanalsa, ko'z bajarayotgan vazifani hech bir mubolag'asiz hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin. Lekin vujudimiz ichra shunday bir a'zo borki, uning holati, umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu - yashashni ta'minlaydigan yurakdir. Vujudimizda jon deb atalmish omilning barhayotligi, yurib turganimizga sabab, avvalo, yurakning ishlab turishidir. Yurakni asrash uchun ko'plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo shunday dori kashf qilish kerakki, uning yurakka ta'siri boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarmasin. O'zbekiston olimlari yurak xuruji kasalliklariga malham bo'luvchi Allapinin degan preparatni kashf etishdi. Uning ixtiro qilinishiga o'n yildan ziyod vaqt ketdi. Yer yuzidagi mutaxassislarning tan olishi, dorini sanoat asosida ishlab chiqarishga ham undan kam vaqt sarflanmadi. O'zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o'tkazgan tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shu preparat insoniyatga tuhfa etildi. Kashfiyotchi olimlar ilm-fan sohasidagi yuksak mukofot - Beruniy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. (Sh. Jabborov) Munosabat bildiring. 79-mashq. Qo'shimcha qo'shilishi bilan yozuvda aks etadigan tovush o'zgarishlari sodir bo'lgan so'zlarni jadvalga joylang. 80-mashq. Uyga vazifa ia, io, ai, oi, ea kabi yonma-yon keladigan unlilar ishtirok etgan 10 ta so'z yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.15 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.15 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan