Hikmatli so'zlar (davomi) 372-mashq. Yunon faylasufi Arastuning quyidagi hikmatlariga diqqat qiling, shaxsiy mulohazangizni bildiring. Izzat tilasang, iffatli bo'l. Ulug'lik tilasang, muloyim bo'l. Zafar tilasang, adolat yo'lini tut. Qadr tilasang, rostgo'y bo'l. Jannat tilasang, sabr qil. Ilm o'rganmoqchi bo'lsang, jidd-u jahd qil. Munosabat bildiring. 373-mashq. Quyidagi hikmatlardan Arastu fikrlariga mos keladiganini ajrating va daftaringizga ko'chiring. 1. Igna bilan chiqar oyoqdan tikan, Igna tikan bo'lsa, bu yomon ekan. (X. Dehlaviy) 2. Kuch adolatdadir. (Amir Temur) 3. Nodon do'st - eng xavfli dushman. (Lafonten) 4. Har bir kishining fe'li va xulq-atvori o'z oldiga qo'ygan maqsadiga intilishida namoyon bo'ladi. (Gyote) 374-mashq. Quyidagi hikmatli so'zlarning mualliflarini toping. 1. Badantarbiya bilan mashg'ul bo'linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq shart. 2. Ishda oshiqqan ko'p toyilur, Ko'p toyilgan ko'p yiqilur. 3. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. 4. Avvalo, maqsad va g'oyani aniq belgilab oling, qolgan ishlar o'z-o'zidan bo'laveradi. Javoblar: 375-mashq. Mashhur faylasuf Aflotunning quyidagi hikmatini sharhlab, kichik matn tuzing va daftaringizga yozing. Har kimning gapini tekshirmay turib, to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilmay turib, hukm chiqarma. 377-mashq. Uyga vazifa So'z haqida so'z. O'zbek allomalarining so'zning qadriga yetish to'g'risidagi hikmatlaridan 6 ta topib yozing, sharhlashga harakat qiling. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent- 2020 Ushbu taqdimot slaydi mahsulotidir. DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko'paytirish javobgarlikka sabab bo'ladi! Hikmatli so'zlar Topshiriq. Matnni ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.77 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.77 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: pptx