5-sinf. Imlo lug'ati - rasmi

Material tavsifi

Imlo lug'ati (davomi) O'tgan asrlarda urushlar jahon tarixining tub… (burilishi, burulishi) nuqtasi bo'lgan bo'lsa, hozirgi va bundan keyingi o'zgarishlar… (tabiiy, tabiy) ofatlar, pandemiyalar ta'sirida yuzaga kelishi kutilmoqda. Xususan, oxirgi o'n yillikda viruslar tarqalishi orqasidan sodir bo'layotgan pandemiyalar jahon iqtisodiyotiga va odamlar tumush tarziga jiddiy ta'sir o'tkazmoqda. Topshiriq. Matnni o'qing. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi to'g'ri yozilgan so'zni qo'ying, imlosiga diqqat qiling. Amerikalik taniqli epidemiolog Stefen Morz fikriga ko'ra, Yerdagi 500 turdagi umurtqali… (jonzot, jonzod) larning har biriga xos bo'lgan, … (tahminan, taxminan), 20 xildagi virus mavjud. Biologlarning fikricha, yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchisi bo'lgan viruslarning tarqalishi qator sabablar bilan bog'liq. Shulardan biri insonlar tomonidan (sinashda, sinashta) bo'lmagan yovvoyi hayvonlarning iste'mol qilinishidir. Shuningdek, o'rmonlarning yo'q qilinib, yerlarning o'zlashtirilishi ham tabiatda yashirinib… (yotgan, yotkan) viruslarni yuzaga chiqarmoqda. Iqlim isishi natijasida eriyotgan tog' muzliklarida millionlab yillardan buyon saqlanib qolgan viruslar ham qayta uyg'onmoqda. Mutaxassislarning fikricha, insonlarning tabiatga nisbatan tajovuzkorona munosabati o'zgarmasa, virusli epidemiyalar insonlarning Yerda yashashi uchun jiddiy tahdid bo'lishi mumkin. Topshiriq. Matnni o'qing. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi to'g'ri yozilgan so'zni qo'ying, imlosiga diqqat qiling. 407-mashq. Matnga sarlavha tanlang. 1. Jahon tarixidagi burilishlar. 2. Viruslar - inqirozga vorislar. 3. Inson ekologiyaga, tabiat esa inson hayotiga tahdid solmoqda. 4. Inson va tabiat: qachon sulh tuzamiz? 408-mashq. Matn asosida viruslar tarqalishiga sabab bo'layotgan inson omillarini ko'rsating. 1. Sinashta bo'lmagan yovvoyi hayvonlarni iste'mol qilish. 2. O'rmonlarni yo'q qilib, yerlarni o'zlashtirish. 3. Iqlim isishi natijasida tog' muzliklarining erishi. a) 1. 2 b) 1. 2. 3 409-mashq. Nuqtalar o'rniga zarur so'zni qo'yib ko'chiring. 1. …… - yuqumli kasallikning bir necha mamlakat, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.65 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.65 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga