5-sinf. Internetga oid terminlar

5-sinf. Internetga oid terminlar

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Internetga oid terminlar - rasmi

Material tavsifi

Internetga oid terminlar Aziz do'stlar! Ijtimoiy tarmoqlarda - internetda ishlatiladigan so'zlar internetga oid terminlar deyiladi. Biz ulardan ko'p foydalanamiz. Topshiriq. Internet olamida matnni o'qing, ajratilgan so'zlarning ma'nolarini izohlashga harakat qiling. Hozirda ijtimoiy tarmoqlar - internet juda rivojlanib ketdi. Ularning poydevorini ulug' bobomiz - matematika otasi al-Xorazmiy qo'yib ketganlarini bilasizmi? Bugunga kelib siz foydalanadigan Telegram, Instagram, Tvitter (Twitter) kabi tarmoqlar juda mashhur. Shulardan biri Feysbuk (Facebook)ning dunyoga kelishi ham qiziq bo'lgan: bu tarmoq yaratuvchisi Mark Sukerberg dunyoning eng badavlat insonlari ro'yxatida turadi. Mark uni mashhur qilgan va unga milliardlar keltirgan dasturni talabalar yotoqxonasida yashab yurgan davrida, bir necha talaba do'stlari yordamida yaratadi. Bu dastur yaratilgunga qadar ko'pchilik Markning bunga qodirligiga va bu ishdan nimadir chiqishiga ishonmaydi. Bu dastur unga katta muvaffaqiyat olib kela boshlaganda Markka hasad qilib, ikki aka-uka talaba do'stlari uni dasturni o'g'irlashda ayblashadi. Mark Sukerberg shunday deydi: Bir necha dushman topmasdan besh yuz millionlab do'st topa olmaysiz. (Jurnaldan) 327-mashq. Matn asosida testni yeching, savollarga javob bering. 1. Sukerberg fikrini davom ettiring. Bir necha dushman topmasdan… a) millionlab pul topa olmaysiz; b) millionlab pul sarfl ay olmaysiz; c) millionlab kashfi yot qila olmaysiz; d) millionlab do'st topa olmaysiz. 2. Butun dunyo kimni matematika otasi deb hisoblaydi? 3. Feysbuk (Facebook) dasturi qayerda yaratilgan? 4. Aka-uka talabalar Markni nimada ayblashdi? Akkaunt - ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi 328-mashq. Quyidagi so'zlarni ko'chiring, izohlarini yodlab oling. Bloger - o'z qarashlarini internetdagi ma'lum bir platformada doimiy ravishda e'lon qiladigan kishi 328-mashq. Quyidagi so'zlarni ko'chiring, izohlarini yodlab oling. Avatarka - foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm 328-mashq. Quyidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.59 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.59 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga