Iqtisodiyotga oid terminlar Topshiriq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'zlarga e'tibor bering. Pulni chiqindiga tashlamang Tabiatga va atrofingizdagi odamlarga foyda keltirib, yana mo'maygina daromad topishni istaysizmi? Unda har joyda sochilib yotgan pulni shunchaki yig'ib oling. Axir o'yingizdagi javonda, sinfxonada yoki boshqa joylarda uyum-uyum bo'lib yotgan qog'ozlar pul emasmi? Hozirda qog'ozni sotib oladigan maxsus shoxobchalar hamma joyda bor. Shoxobchalar qayta ishlash uchun zavodga topshiradi. Zavod esa qayta ishlangan mahsulotdan hojatxona qog'ozi va karton qog'ozini ishlab chiqaradi. Qog'ozni qayta ishlash tabiat muhofazasi uchun zarur. Chunki qog'oz yog'ochdan tayyorlanadi. Qog'oz ishlab chiqaradigan zavodlar har yili ming gektarlab maydondagi erkin ne'mat bo'lmish o'rmon daraxtlarini kesib olishadi. Chiqindi qog'ozlarini to'plab ham o'rmonlarni muhofaza qilasiz, ham daromad qilasiz. (Jurnaldan) Munosabat bildiring. Iqtisodiyotga oid terminlar Iqtisod sohasida ishlatiladigan so'zlar iqtisodiy terminlar deb ataladi. Tovar - sotish uchun chiqarilgan mahsulot. 324-mashq. Quyidagi iqtisodiy terminlarning izohiga diqqat qiling, daftaringizga ko'chiring. Narx - tovar qiymatining puldagi ifodasi 324-mashq. Quyidagi iqtisodiy terminlarning izohiga diqqat qiling, daftaringizga ko'chiring. Daromad - kishi (oila)ning ma'lum vaqtda qo'lga kiritgan moddiy hamda pul tushumlari. 324-mashq. Quyidagi iqtisodiy terminlarning izohiga diqqat qiling, daftaringizga ko'chiring. 325-mashq. Tadbirkorlikka oid quyidagi maqollarni ko'chiring. 1. Ertangi ishga bugun reja tuz. 2. Tadbir bilan mushkul oson bo'lar. 3. Qalovini topsang, qor yonar. 4. Puxtaning ishi besh, shoshmaning ishi bo'sh. 5. Foydadan foyda chiqmasa, qora sigir qayda? 6. Ot olmay oxur tuzat. 326-mashq. Uyga vazifa Quyidagi terminlarni ota-onangiz va lug'at yordamida izohlab ko'chiring: resurs, iqtisodiy ne'mat, tijorat, tadbirkor. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.74 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.74 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan