5-sinf. Ismlar ma'nosi va imlosi

5-sinf. Ismlar ma'nosi va imlosi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Ismlar ma'nosi va imlosi - rasmi

Material tavsifi

Ismlar ma'nosi va imlosi - Donoxon, sizga nega bunday ism qo'yishgani bilan qiziqqanmisiz? - Ha, dono, bilimdon bo'lsin degan maqsadda. Tengdoshlarimiz ham o'z ismlarining ma'nolаrini bilisharmikan? 312-mashq. Ismlar ma'nosiga diqqat qiling. Berilgan ismlarning ma'nosini bilib oling. Anvar - nurli yoki toleyi porloq; Akmal - yetuk, barkamol, kuchli; Iroda - istab olingan, irodali qiz; Feruza - baxtli, iqboli baland, ko'zlari moviy rang qiz; Xurshida - baxti quyosh kabi porloq. Topshiriq. Taxalluslar ma'nosini bilasizmi? nomli matnni o'rganing. Ijodkorlar taxallusi mazmuniga diqqat qiling. Yana qanday adabiy taxalluslarning yaralishi haqida ma'lumotga egasiz? Shoir va yozuvchilar, ko'pincha o'zlariga taxallus tanlashgan. Masalan, Navoiy o'z taxallusini navo - kuy so'zidan, Bobur esa sher so'zidan olgan. Abdulhamid Cho'lponning taxallusi Cho'lpon - tong yulduzi degan ma'noni bildirsa, Abdurauf Fitratning adabiy taxallusi tug'ma iste'dod degan ma'no anglatgan. Muso Toshmuhammad o'g'lining ham taxallusi o'z tarixiga ega. Yosh Musavoy kechalari tom boshiga chiqib, to'lin oyga tikilar, go'zalligiga rom bo'lar ekan. Shundanmi, o'ziga Oybek degan taxallusni tanlagan ekan. (G'aroyib olam kitobidan) 313-mashq. Erkin Vohidovning so'zlariga diqqat qiling. Ismlarni qisqartib aytish to'g'rimi? Sinfdoshlaringiz ismi misolida savolga javob be ring So'zni qisqartirishga juda ustamiz. Muhammad Rahim degan ismni Mamaraim, bu ham uzun tuyulib Maraim deymiz. Xorazmlik esa Mirim deydi-qo'yadi. 314-mashq. Quyida berilgan qahramonlar qaysi asardan? Roqiyabibi (Qora buvi), Fanorchi ota va Qosim battol, G'iyosiddin Bahodir, yuz tup ko'chat ekmoqchi bo'lgan Po'latjon. 315-mashq O'z ismingizning ma'nosini va kim tomonidan qo'yilganini uch jumlada bayon qiling. Masalan: Mohlaroyim - to'lin oy kabi go'zal degani. Bu ismni buvim qo'yganlar. O'zimga ham, oilamizdagilarga ham ismim yoqadi. 316-mashq. Uyga vazifa Yaqin ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga