J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi 182-mashq. So'zlardagi j va dj tovushlarining talaffuziga diqqat qiling. Ular ishtirokida 10 ta gapdan iborat Kitoblar olami mavzusida matn yarating. Qo'llash uchun so'zlar: jurnal, avj, jahon, ajdod, juda, jo'sh urmoq, jilolanmoq, jajji, vijdon. 183-mashq Bojxona, ajdar. Ushbu so'zlarning qaysi birida j harfi ch ga moyil, qaysi birida sh ga moyil talaffuz qilinyapti? Ayrim undoshlar imlosi J harfi jo'ja, jajji kabi so'zlarda til oldi, jarangli tovushni ifodalaydi. Bu tovush ch tovushiga moyil aytiladi. Jurnal, jirafa, sajda kabi so'zlarda esa dj til oldi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo'llaniladi, jarangsiz jufti sh tovushidir. Topshiriq. Matnni diqqat bilan o'qing. Ajratilgan so'zlarga, j va dj tovushlarining talaffuzi va imlosiga e'tibor bering. Bir necha yil avval Jahongashta jurnalida bir ajoyib o'qituvchi ayol haqida maqola paydo bo'lgandi. Uning kichik bir topshirig'idan keyin o'quvchilar o'z kuchlariga isxona boshlashgan. Ushbu dono saboqni siz bilan baham ko'rmoqchimiz. Ona tili o'qituvchisi o'quvchilariga shunday vazifa berdi: - Sinf ro'yxatini tuzing, har bir bolaning xulq-atvoridagi ajdodlar e'zozlagan va o'zingizga yoqqan tomoni haqida o'ylab ko'ring. Bu sifatni uning familiyasi qarshisiga yozing, faqat sof vijdon bilan yozing. Juma kuni dars oxirida u o'quvchilardan bajarilgan vazifani yig'ib oldi. Dam olish kuni ustoz barcha natijalarni tahlil qilib chiqdi va dushanba kuni har bir o'quvchiga sinfdoshlarining u haqidagi faqat ijobiy fikrlarini yozib tarqatdi. O'quvchilar ularni o'qiy boshlashdi. U yer-bu yerdan pichirlagan ovozlar eshitildi: Nahotki, bularning barchasi men haqimda? Meni shunchalik yaxshi ko'rishlarini bilmas edim. Ular natijalarini sinfda muhokama qilishmadi. Lekin o'qituvchi maqsadiga erishgan edi: u o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi ortganini sezdi. Munosabat ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.93 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.93 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan