5-sinf. Kashta tikish dars ishlanma

5-sinf. Kashta tikish dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Kashta tikish dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Kashta tikish. Maqsad: O'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kashta tikish san'ati, tarixi haqida ma'lumot berish. Kashtachilik kasbiga nisbatan muhabbat uyg'otish. Mashg'ulot jihozi: ko'rgazmali rasmlar, bukletlar, kashta nAQSHlari va choklaridan namunalar. Ish jihozlari: ish qutichasi, gazlama qiyqimlaridan namunalar, igna, rangli iplar, qaychi, kergi, santimetrli lenta, qalam, angishvona. Mashg'ulotning borishi. Kashta tikishda amal qilinadigan X.T.Q. lari va sanitariya gigiyena qoidalari: 1.Ignani og'izga solmaslik, bir-biriga sanchib olmaslik, duch kelgan joyda ipsiz tashlab qo'ymaslik kerak. 2.Qaychini tushirib yubormaslik, tushib ketsa,o'zingizni jarohatlab qo'yishi, bundan tashqari uning tig'i ishdan chiqishi mumkin. Doimo uchini berkitib qo'yish, qo'l bilan uzatilayotganda qaychini uchini o'zi ushlab uzatish, bir-biriga otib yubormaslik kerak. 3.Uzoq vaqt kashta tikilsa, ko'z charchaydi, barmoqlar ham toliqadi. Tanaffus qilmasdan 1,5 soatdan ortiq ishlash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun dam olib turish kerak. 4.Dazmollash jarayonida beparvolik qilish odamning biron joyi kuyishiga va yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.Ish vaqtida alahsimaslik, dazmolni elektr tarmog'iga ulab, qarovsiz qoldirmaslik kerak. 5.Ish joyini doimo toza tutish, ishini tugatib bo'lgach ish o'rnini yig'ishtirib qo'yish kerak. Kiyimlarni,uy-ro'zg'or buyumlarini kashtalar tikib bezatiladi. Masalan: sochiqlarni, dasturxonlarni, bayram va kundalik kiyimlarni, peshbandlarni, bosh kiyimlarni va boshqalarni. Kashta tikish san'atining ko'p asrlik tarixi bor. Qadim zamonlardan atoqli kishilarni kiyimlarini zar tikib bezatilgan. Zar va kumush iplarni dur va chaqmoq toshlar bilan qo'shib podsho va boylarning qimmatbaho shoyi va baxmal kiyimlariga kashta tikilar edi. Rangli iplar, ipaklar va zar iplar bilan to'y sochiqlarini, ro'mollarini bezashardi. Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan-avlodga o'tib takomillashdi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 4.69 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 4.69 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga