5-sinf. Ko'chirish qoidalari

5-sinf. Ko'chirish qoidalari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Ko'chirish qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Ko'chirish qoidalari Topshiriq. Matnni o'qing, hikmatga diqqat qiling. Bir hakimdan: - Nima uchun ustozingni otangdan ham yaxshi ko'rasan, - deb so'rashdi. - Ustoz abadiy tirikligimning sababchisi, otam esa o'tkinchi hayotimning sababchisidir!- deb javob qildi u. Munosabat bildiring. 248-mashq Matnda ajratilgan so'zlarni izohlang va daftaringizga bo'g'inga ajratib ko'chiring: ha-kim-dan - donishmand, faylasufdan. 249-mashq Bo'g'in ko'chirish qoidalari haqida boshlang'ich sinflarda nimalarni o'rgandingiz? Yodingizda borini aytib bering va bu qoidalarning qanday ahamiyati borligi haqida fikrlashing. Ko'chirish qoidalari Satrga sig'may qolgan so'zlar keyingi qatorga bo'g'in asosida ko'chiriladi: tad-bir-kor, kol-lej, ma'-lum, ta'-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo'g'inda qoldiriladi) Ko'chirish qoidalari So'z boshida kelgan yolg'iz unli hech vaqt yakka o'zi qoldirilmaydi. So'z oxirida kelgan yolg'iz unli bir o'zi keyingi satrga ko'chirilmaydi: e'-lon emas, e'lon; u-ka→uka, mu-do-fa-a→ mu-do-faa singari. Ko'chirish qoidalari Sh, ch, ng harflari birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-sxona, pi-choq, de-ngiz, sing-lim kabi. Ko'chirish qoidalari 5-Bsinf, 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko'rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi. 250-mashq. So'zlarni bo'g'inlarga ajrating, daftaringizga ko'chirib yozing. Qaysi so'zlarda bo'g'in ko'chirib bo'lmaydi? Ma'lumot, maxsus, ta'kidlamoq, tatbiq, ko'ngilchan, singil, taassuf, taajjublanmoq, saodat, taxt, kelingiz, ingliz, gramm, fonogramma, tramvay, kitobxon, Navro'z - 2021, 5-A sinf, jurnalist. 251-mashq. Ko'chirish qoidalari buzilgan so'zlarni belgilang va ularni to'g'rilab daftaringizga ko'chiring. Den-giz, ke-tin-glar, o-ta-la-ri, Nam-DU, ma-'lu-mot, B-MT, yer-on, tong-gi, sa-noq-li, a-ka-xon, yan-ga, mat-baa, ya-ngi. 252-mashq. Uyga vazifa Ustozim ulug' mavzusida ko'chirish qoidalariga amal qilib 10-12 ta gapdan iborat matn tuzing. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.05 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.05 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga