Lug'at. Lug'at turlari - Bilasizmi, Donoxon, tildagi barcha so'zlar shu tilning lug'at tarkibini tashkil qiladi. Ularni ajdodlardan avlodlarga yetkazishda lug'atlarning o'rni katta. - Rost aytasiz, Komiljon, lug'atlar so'zlar xazinasi sanaladi. Ular bilan ishlashni bilasizmi? Buni o'quvchilardan so'raymiz. 382-mashq. Rasmlar asosida ko'chalarda o'rnatilgan peshlavhalar, shiorlar, e'lonlarda xato yozilgan yozuvlarga misollar ayting. Ulardagi xatoliklarni qaysi lug'atga asoslanib tuzatamiz? Yoki ko'chadagi yozuvlarning barchasi to'g'ri yoziladimi? 383-mashq. Quyida xato yozilgan so'zlarni aniqlang. Imlo lug'ati asosida ularni to'g'rilab ko'chiring. Alangga, abadiiy, butkil, voqia, ishtimoiy, qiziqgan, mikraskop, momaqaldiroq, mumkin, muhum, nixoyat, ovinmoq, prizdent, sovol-jovob, naqorat, holol, xashorat. Lug'at So'zlari alifbo tartibida joylashtirilgan, turlicha izohlar berilib, kitob shakliga keltirilgan to'plamga lug'at deyiladi. Lug'atlarning turi ko'p. Lug'at Masalan, so'zlarning to'g'ri yozilishi imlo lug'atida, ma'nosi izohli lug'atda, boshqa tildagi shakli tarjima lug'atda beriladi. Undan tashqari, ensiklopedik lug'atlar, sinonim, antonim, omonim, paronim so'zlar lug'ati ham bor. 384-mashq.O'zbek tilining izohli lug'atida kitobga berilgan ta'rifni o'qing, izohli lug'at qanday bo'lishi haqida o'z fikringizni ayting. KITOB [arabcha: yozilgan, muqovalangan asar]: 1. Ma'lum matnli varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqovalangan, hajmi 48 betdan kam bo'lmagan, bosma (qadimda qo'lyozma ham) asar. 2. Umuman, ma'lum shaxs, voqea-hodisaga va boshqalarga oid, tugal, odatda, nashr etishga (kitob bo'lishga) mo'ljallangan asar. 385-mashq. A.Hojiyevning O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati kitobidan olingan parchani ko'chiring. So'zlarning izohiga e'tibor bering. Balandlamoq, yuqorilamoq, ko'tarilmoq, o'rlamoq. Baland (yuqori) tomon yo'nalmoq. Balandlamoq, yuqorilamoq so'zlarida shu ma'no aniq sezilib (ifodalanib) turadi. Ko'tarilmoq, umuman, pastki nuqtadan tikkaga qarab yo'nalishni bildiradi. Baland (yuqori) tomonga qarab yo'nalish ma'nosi esa ma'lum so'z yoki boshqa vositalar yordamida reallashadi. O'rlamoq kam qo'llanadi. 386-mashq. Uyga ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.76 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.76 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan