5-sinf. Maqollar - rasmi

Material tavsifi

Maqollar (davomi) Topshiriq. Orzuga erishish yo'li matnining 1-qismini o'qing. Otasining ishi sababli Anvarning o'qishi doim uzilib qolar edi. O'rta maktabdaligida o'qituvchisi katta bo'lganida kim bo'lmoqchi va nima qilmoqchiligi haqida insho yozib kelishni buyurdi. Anvar kechasi bilan uxlamasdan o'ylab chiqib, kelajakdagi orzusi ot fermasi yaratish ekani haqida yetti betlik insho yozdi. Hatto orzusidagi 200 gektarlik fermasining chizmasini ham chizdi. Bunga qo'shib, shu fermaga mos 100 m2li yashaydigan o'yining chizmasini ham chizdi. Inshosini qalbiga quloq solib yozgan edi. Ikki kundan keyin insho baholandi. Qog'ozning ustiga qizil ruchka bilan kattakon 0 qo'yilgan va Darsdan keyin mening oldimga kir! - deb yozilgan edi. - Nega 0 oldim? - deb so'radi Anvar o'qituvchisidan. - Bu sening yoshingdagi bola uchun ushalmaydigan orzu! - dedi o'qituvchisi. O'qituvchi davom etdi: - Puling yo'q. Nuqul ko'chib yuradigan oiladansan. Ot fermasi qurish uchun katta mablag' va pul kerak. Bu orzung xomxayol. Agar inshongni to'g'rilab yozib kelsang, bahongni ko'tarib berishim mumkin, - deb qo'shib qo'ydi. Anvar o'ylanib qoldi. Munosabat bildiring. 365-mashq. Matnning 2-qismini o'qing. Anvar uyiga qaytdi. Dadasiga bo'lgan voqeani aytib berdi. - O'g'lim, - dedi dadasi, - bu masalada o'zing qaror qilishing kerak. Bu sening hayoting bo'lgani uchun juda muhim! Anvar bir hafta o'ylaganidan keyin, inshoning biror harfini o'zgartirmasdan, o'qituvchisiga qaytarib olib bordi. Siz qo'ygan bahongizni o'zgartirmang, men esa orzularimni… - dedi. O'sha bola hozir 200 gektarlik fermasining yonidagi 100 m2li uyida yashayapti. Bir necha yillar avval yozgan inshosi esa ramkada osilib turibdi. (Internet ma'lumotidan) 366-mashq. Savollarga og'zaki javob bering. 367-mashq. Maqollarni ko'chiring. Ulardan qaysi biri mantiqan matndagi voqeaga mos ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.55 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.55 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga