Mustaqil so'z turkumlarini takrorlash. Ot so'z turkumi § Otning ma'noviy xususiyatlari Yakka shaxs, joy, narsa nomlarini; bir turdagi jonli va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlarni atab keladigan so'zlar ot turkumiga kiradi: ishchi, bayram, xursandchilik Ot kim? nima? qayer? so'roqlariga javob bo'ladi. Gap tarkibida esa qanday? so'rog'ini ham olishi mumkin: Men asfalt (qanday?) yo'ldan yurdim. Otning morfologik xususiyati. Otning sintaktik xususiyati U gapda quyidagi vazifalarda keladi: ega (asosiy sintaktik vazifasi): Anvar o'qidi. to'ldiruvchi: xatni yozdim. aniqlovchi: Dilshodning ko'ylagi chiroyli. Shisha idish sindi. hol: U maktabga ketdi. kesim: Ukam - o'quvchi. undalma: Sattorjon, bu yoqqa kel. § Otning ma'no turi Atoqli ot Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo'yilgan otlar atoqli otlar deyiladi. Ular nimani atab kelishiga ko'ra: shaxs nomlari: Karim, Ergash, Vohidov, Nurullayeva, Sheroziy, Nihoniy joy nomlari: Xorazm, Farg'ona, Urganch, Boltiqbo'yi, Kavkazorti, Uraloldi Turdosh ot Bir turdagi shaxs, narsa, o'rin-joy, faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar turdosh otlar deyiladi. Turdosh otlar quyidagilar: shaxs oti: kishi, chol, qiz Shaxs otlari kim? so'rog'iga javob bo'lib, kishilarning yashash joyiga, mansab-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko'ra nomlab keladi: shaharlik, rais, suvchi, xola, xo'ja; narsa oti: o'roq, palto, kitob Narsa otlari nima? so'rog'iga javob bo'lib, jonli va jonsiz narsalarni bildiradi: it, ot, kiyim, tufli, ruchka; o'rin-joy oti: uy, maktab, ishxona, sayilgoh, gulzor qayer? so'rog'iga javob bo'lib, o'rin-joy ma'nosini bildiruvchi otlar o'rin-joy otlari deyiladi. Bunday otlar narsalik ma'nosini ham o'zida ifoda etadi. Shuning uchun ular nima? so'rog'iga ham javob bo'ladi: do'kon, qasr, dahliz; faoliyat-jarayon otlari: ezmalik, chorvachilik, loygarchilik, terim, ko'rik, chopiq. Aniq va mavhum otlar Yakka otlar va ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan