5-sinf. Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifasi

5-sinf. Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifasi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifasi - rasmi

Material tavsifi

Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifasi Topshiriq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'zlarga diqqat qiling. Aybsiz do'st qidirgan kishi yakkalanib qoladi. Arzimas aybi uchun xafa bo'laveradigan kishining do'stlari dushmanga aylanaveradi, chunki singan ko'ngilni tiklab bo'lmaydi. Do'stining o'zidan o'zib ketayotganiga chiday olmagan kishi g'am ostida yuraveradi. (Yusufiy) Munosabat bildiring. Siz qanday do'stsiz? Do'stlik qoidalariga rioya qilasizmi? 210-mashq. Quyidagi so'zlarning imlosi va talaffuziga e'tibor bering. Ming, yengil, kenglik, ko'nglim, tarang, durang, tanga. Ayrim undoshlar imlosi Ng, ng harflar birikmasi bitta (til orqa) undoshni ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ayrim undoshlar imlosi Ng, ng harflar birikmasi bir bo'g'in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo'g'inlar tarkibida keladi. Solishtiring: shud-ring, ko'-ngil, sing-gan, ko'rdi-ngiz; men-ga, osmon-ga sin-gan. Ayrim undoshlar imlosi Rus-Yevropaso'zlarida har doim alohida tovushlarni anglatadi: kon-gress, shtan-ga. 211-mashq. Gaplarni ko'chiring, ng undoshi ishtirok etgan so'zlarni topib ostiga chizing. 212-mashq. Avval ng undoshi ishtirok etgan so'zlarni, keyin alohida n va g tovushlari yonma-yon kelgan so'zlarni ko'chiring. Menga, ingramoq, kenglik, tanga (pul), mingashmoq, ingichka, yangi, tonggi (shabada), bahor tongi, sening, tungi, dangasa, jonga, singil. 213-mashq. Qavs ichidagi harf yoki harfiy birikmalardan mosini qo'yib, so'zlarni ko'chiring. Ko'la (ng, n)ka, to'(n, ng)ka, jara(n, ng)lamoq, ta (n, ng)gens, qo'(ng, n)g'iz, cha(ng, n), yo(ng, n)g'oq, ko(ng, n)gress, ko'rdi (n, ng)mi, te(n, ng)siz. 214-mashq. Uyga vazifa Do'stlikni qadrla mavzusida matn tuzing. Unda harflar birikmalaridan foydalaning. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G'afur ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 2.92 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 2.92 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga