5-sinf. Nuqta va vergulning ishlatilishi

5-sinf. Nuqta va vergulning ishlatilishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Nuqta va vergulning ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Nuqta va vergulning ishlatilishi 422-mashq. Quyidagi belgilar o'rniga zarur tinish belgisini qo'yib, gaplarni ko'chiring. Qo'yiladigan belgining nima sababdan ishlatilayotganiga diqqat qiling. 1. To'ti olti kun deganda podsho saroyiga yetib kelibdi (Uch og'a-ini botirlar ertagidan) 2. To'qayda bir yirtqich sher bor edi Vahshatda osmon sheridek qo'rqmas edi (Navoiy. Sher bilan durroj hikoyati) 3. Bola Bolaning ko'ngli - poshsho (Oybek) 1. Darak, xabar mazmunidagi, ba'zan buyurish mazmunidagi gaplardan so'ng: Bobom mosh-guruch soqolli, yuzi ajinlarga to'la barvasta qariya edi. (I.Sulton) Nuqta quyidagi o'rinlarda qo'yiladi: 2. Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so'z yoki so'z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so'ng: Yashash. Bu - orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu - muhabbat gullarin termoq.(O. Matjon) Nuqta quyidagi o'rinlarda qo'yiladi: 3. Tartib bildiruvchi arab raqamlaridan so'ng: Nutq tovushlari 2 xil bo'ladi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar. Nuqta quyidagi o'rinlarda qo'yiladi: 423-mashq. Quyidagi jumlalarni yakunlab, gap hosil qiling. 1. Ulg'ayganimda … 2. Qishlog'im (shahrim)ning chiroyi … 3. Chet elliklarning … 4. Ellik yildan so'ng … 5. Onam bir kun yonimda bo'lmasalar … 6. Aql - bilimdan, bilim esa … 1. Sanash ohangida aytiladigan bo'laklar - uyushiq bo'laklar orasida: Chetlarida jiydalar, majnuntollar o'sgan anhorga havas bilan qaradi. (Said Ahmad) Vergul quyidagi o'rinlarda ishlatiladi: 2. Undov so'zlardan keyin: Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi, hozir. (O'. Hoshimov) Vergul quyidagi o'rinlarda ishlatiladi: 3. Biror shaxsga murojaat - undalmalardan keyin: O'g'rigina bolam, hoynahoy, biror tiriklikning ko'yida tomga chiqqan ko'rinasan? (G'afur G'ulom) Vergul quyidagi o'rinlarda ishlatiladi: 4. So'z takrorlansa: Shoir itoatkorona bosh irg'ab: - O'qiganmiz, o'qiganmiz, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.88 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.88 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga