5-sinf. Nutq a'zolari - rasmi

Material tavsifi

Nutq a'zolari Topshiriq. Matnni diqqat bilan tinglang. Ajratilgan so'zlarni talaffuz qilganingizda qaysi nutq a'zolari qatnashayotganiga e'tibor bering. O'qituvchim, ustozim, yaqinsiz yuragimga, Har so'zingiz mo'tabar, qanotdir tilagimga. Tunlar o'tirib bedor, o'ylaysiz faqat bizni, Quyoshdek qalbingiz bor, yoritar ongimizni. (Tong yulduzi gazetasidan) Shoir ustoz qalbini quyoshga o'xshatadi. Siz ustozlarni nima (kim)larga qiyoslagan bo'lar edingiz? § Nutq tovushlari va ularning hosil bo'lishi Inson talaffuz qiladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari nutq a'zolari yordamida hosil qilinadi. Nutq a'zolari 10 ta: 1. O'pka 6. Yumshoq va qattiq tanglay 2. Kekirdak 7. Yuqori va pastki lablar 3. Tovush paychalari 8. Yuqori va pastki tishlar 4. Og'iz bo'shlig'i 9. Burun bo'shlig'i 5. Katta va kichik til 10. Bo'g'iz bo'shlig'i Nutq tovushlarining asosiy vazifasi - so'z ma'nolarini farqlashdan iborat. Masalan, tok, tom, tol, tosh. Bu so'zlarda k, m, l, sh kabi nutq tovushlari so'z ma'nosini farqlamoqda. Nutq tovushlari qanday hosil bo'ladi? Nutq tovushlarini hosil qilishda o'pkadan chiqayotgan havo nafas yo'li bilan kekirdak orqali bo'g'izga, undan og'iz bo'shlig'iga yoki burun boshlig'iga o'tib tashqariga chiqadi. Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyiladi. Biz harflarni ko'ramiz va yozamiz, tovushlarni esa eshitamiz va talaffuz qilamiz. Nutq tovushlarini hosil qilishda qaysi organlar FAOL ishtirok etadi? So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi axborotni uzatish va qabul qilish jarayoni nutqiy faoliyat deyiladi. Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, xat, SMS, faks, telegramma. Shveysariya olimi Ferdinand de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta'kidlaydi va tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi. § Nutqiy faoliyat 59-mashq. 3 ta maqol yoki hikmat yozing. Ularda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.68 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.68 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga