5-sinf. Nutq tovushlari va harf

5-sinf. Nutq tovushlari va harf

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Nutq tovushlari va harf - rasmi

Material tavsifi

Nutq tovushlari va harf Tovush va harf Nutqimizni bo'laklarga ajratsak, uning oxirgi bo'linish nuqtasi tovush (yozuvda harf) hisoblanadi. Bo'linish jarayonini misollarda ko'ramiz: Gap: O'zbekiston - umumiy uyimiz. So'zlar: O'zbekiston, umumiy, uyimiz. Bo'g'inlar: O'z-be-kis-ton, u-mu-miy, u-yi-miz. Tovushlar (yozuvda harf): O', z, b, e, k, i, s, t, o, n, u, m, u, m, i, y, u, y, i, m, i, z. Ko'rinib turibdiki, eng oxirida bo'linishning oxirgi nuqtasi bo'lib tovush qoldi. Fonetika bo'limi ana shunday nutq tovushlarini o'rganadi. § Nutq tovushlari va ularning hosil bo'lishi Inson talaffuz qiladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari nutq a'zolari yordamida hosil qilinadi. Nutq a'zolari 10 ta: 1. O'pka 6. Yumshoq va qattiq tanglay 2. Kekirdak 7. Yuqori va pastki lablar 3. Tovush paychalari 8. Yuqori va pastki tishlar 4. Og'iz bo'shlig'i 9. Burun bo'shlig'i 5. Katta va kichik til 10. Bo'g'iz bo'shlig'i Nutq tovushlarining asosiy vazifasi - so'z ma'nolarini farqlashdan iborat. Masalan, tok, tom, tol, tosh. Bu so'zlarda k, m, l, sh kabi nutq tovushlari so'z ma'nosini farqlamoqda. Nutq tovushlari qanday hosil bo'ladi? Nutq tovushlarini hosil qilishda o'pkadan chiqayotgan havo nafas yo'li bilan kekirdak orqali bo'g'izga, undan og'iz bo'shlig'iga yoki burun boshlig'iga o'tib tashqariga chiqadi. Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyiladi. Biz harflarni ko'ramiz va yozamiz, tovushlarni esa eshitamiz va talaffuz qilamiz. Ona tabiatning to'rt faslga mos harir ko'ylagi bor. Ular bir-biriga aslo o'xshamaydi. Har biri o'zgacha, bejirim va o'ziga xos. Go'zalligi, zeb-u ziynati ham bir-biridan farq qiladi. Liboslarning nomi: bahor, yoz, kuz, qish. Ona tabiat barcha liboslarini o'z vaqtida almashtiradi. Ko'ylaklari orasida oltin tusda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.69 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.69 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga