Nutq tovushlarining ma'no farqlashi § Tovush va fonema Tovush - nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog'imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan nutq parchasi. Masalan, a, o, p, b, t va h. k. Fonema - bevosita kuzatishda bir necha tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so'z va uning ma'noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatidan boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan eng kichik til birligi. Masalan, ust, sut, tus so'zlarida t, s, u tovushlari mustaqil fonemalardir. Tosh va tom so'zlarida sh, m; tosh va tesh so'zlarida o, e; tosh va qosh so'zlarida esa t va q tovushlari so'z ma'nolarini farqlash uchun xizmat qiladi va ana shuning uchun ular ham fonemalardir. § Unli va undosh fonemalar. Ularning o'zaro munosabati Unlilar Faqat un (ovoz) dan iborat bo'lgan va bo'g'in hosil qila oladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema mavjud: u, a, o', o, e, i. UNLILARDA: ohangdorlik yuqori; faqat ovoz bo'ladi; o'zbek tilida yonma-yon kelmaydi. Masalan, soat, mutolaa, tabiiy, manfaat, taajjub - o'zbekcha so'z emas; xohlagancha cho'zib talaffuz qilish mumkin. Masalan, Y-u-u-u-u-u-u-u-r, muhabbat, ketdik bu yerdan. (Qo'shiqdan); urg'u oladi. Masalan, o'lma, rúchka va h.k.; bo'g'in hosil qila oladi. Hatto bir unli ham. Masalan, o-ta, o-na, o-pa, a-ka va h.k. Undoshlar Talaffuz qilinayotganda o'pkadan chiqayotgan havo oqimi ma'lum to'siqqa uchraydigan, shovqin ishtirok etadigan va yakka o'zi bo'g'in hosil qilmaydigan fonemalarga undosh fonemalar deyiladi. Undoshlarda: - cho'zilish yo'q, chunki talaffuzda to'siqqa uchraydi; - urg'u olmaydi; - shovqin yoki shovqin+ovoz mavjud; - musiqiylik yo'q; - yakka o'zi ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.33 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.33 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan