Omonimlar. Nutqda omonimlardan foydalanish Rasmdagi bolalar o'rnida bo'lishni xohlaysizmi? Og'zaki matn tuzib, o'rtoqlaringiz bilan fikrlashing. Koinotni qanday tasavvur qilasiz? U haqda gapirib bering. Tuzgan gaplaringizda yosh, dam, soz, uch so'zlaridan foydalaning. Bu so'zlar yana qanday ma'no bildirishini toping. Topshiriq Omonim so'zlar Aytilishi va yozilishi bir xil bo'lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so'zlarga omonim so'zlar deyiladi. Ular shakldosh so'zlar deb ham yuritiladi. Masalan: un(tovush), un(mahsulot), un(fe'l). 267-mashq. Quyidagi so'zlar ishtirokida gaplar tuzing. So'zlar bildirayotgan ma'nolarga e'tibor bering. Masalan: 1. Karam - saxovat. 2. Karam - poliz ekini. Asar, adash, bo'y, yeng, yot, karam, och, mushak, palla, soz, son, taxt, ter, un, chakka, qil, qovoq, tuz, shim. Omonim so'zlar Omonim so'zlar bir qarashda ko'p ma'noli so'zlarga o'xshab ketadi, ammo ularni farqlash kerak. Ko'p ma'noli so'zlar bir so'zni o'z va ko'chma ma'noda qo'llashdan hosil bo'ladi: burun (yuz qismi) - burun (choynakning burni). Omonimlarda turlicha ma'nolar nazarda tutiladi: burun (yuz qismi) - burun (avval). 268-mashq. She'rni o'qing, undagi g'oya to'g'risida suhbatlashing. Shakldosh (omonim ) so'zlar bildirgan ma'nolarni izohlang. Toshni kesa olmas pichoqning dami, Pok tanga o'tmaydi saraton dami, Ilm va hunarga bag'ishla o'zni, G'animat yoshlikning har o'tgan dami. (A. Shukurov) 269-mashq. Ikkala rasmni bog'lab turgan so'zni toping. Ular o'rtasida qanday aloqadorlik bor? So'zlar ishtirokida gaplar tuzing. 270-mashq. Berilgan gaplarni ko'chiring. Shakldosh so'zlarni aniqlab, ularga izoh bering. 1. Tohir Malikning o'zga sayyoraliklar haqida yozgan asarlari ko'pchilikka ma'lum. Bolada boyagi qo'rquvdan asar ham qolmadi. 2. O'ng qo'li bilan asta peshanasidagi terni artdi. Abdurahim pishgan qirmizi olmalarni savatga terdi. 3.Koinot bizga o'z sirlarini ochmoqda. Boshqa sayyoradan kelgan ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.85 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.85 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan