Andijon shahar 5-umumta'lim maktabi Tarbiya fani o'qituvchisi FERUZA RAXMATULLAYEVA MAVZU: ONA TABIATNI ASRASH - BIZNING BURCHIMIZ Biz odamlarning hayotini osonlashtiruvchi qiziqarli va foydali texnologiyalar hamda texnologik taraqqiyot dunyosida yashayapmiz. Inson o'z hayotini elektr, televizor, telefon yoki internetsiz tasavvur qila olmaydi. Atrofga nazar tashlasangiz uyda, maktabda sizni o'rab turgan turli xil gadjetlarni ko'rasiz. Biroq ushbu yutuqlarning salbiy tomoni ham mavjud - bunday taraqqiyot natijalari butun dunyoda ekologik muhitga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bularning barchasi sayyoramizga juda zararli ta'sir ko'rsatadi. Jahonda ekologik muammolar paydo bo'ladi, toza atrof-muhitni saqlab qolish bilan bog'liq qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Inson faoliyati, shuningdek, siz bilan bizning tabiatga qarshi har qanday faoliyatimiz o'rmonlar, dengizlar, hayvonlar, butun sayyoramizning asta-sekin nobud bo'lishiga olib keladi. Yer sayyorasining kelajakdagi taqdiri siz bilan bizga, ekologik madaniyatimiz darajasiga bog'liq bo'ladi. Ekologiya atrof-muhitdagi turli organizmlar hayotini o'rganadigan fan bo'lib, unga atrofimizdagi barcha tirik mavjudotlar va jonsiz narsalar o'zaro ta'sir qiladi. Ekologiya so'zi grek tilida eykos - uy-joy; logos - fan, bilim ma'nosini bildiradi. Ekologik muammolar - sayyora muammolari - insoniyat muammolari - bizning muammolar! 1-muammo. O'RMONLARNI KESISH: Dunyoda har soniyada futbol maydoniga teng bo'lgan o'rmon kesiladi. Yashil o'rmonlar sayyoramizning nafas oluvchi organi hisoblanadi. Olimlarning fikriga ko'ra, quyoshli kunda bir gektar o'rmon 120-280 kg karbonat angidridni havodan yutadi va 180-200 kg kislorodni chiqaradi. 2-muammo. DARYOLAR, DENGIZLAR VA OKEANLARNING IFLOSLANISHI: Tinch okeandagi chiqindi dog'i maydon bo'yicha Fransiya hududidan uch karra oshdi. Neftni suv bo'ylab tashishda odamlarning mas'uliyatsizligi yoki beparvoligi tufayli neft suvga tushadi va suv yuzasiga katta dog' bo'lib quyiladi, suvni zaharlaydi, dengiz hamda okeanlarning hayvonot va o'simlik dunyosini ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.56 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.56 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan