O'zbek tili - davlat tili Sen bo'lmasang, nima bizga silliq she'rlar, Bu dunyoda tili yo'qda dil yo'q, - derlar. Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to'ridagi so'nmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Topshiriq. Muhammad Yusufning Ona tilim she'ridan olingan parchani o'qing. Munosabat bildiring Tili yo'qda dil yo'q, deganda nimani tushunasiz? Munosabat bildiring. 6-mashq. Matnni diqqat bilan o'qing. Ko'pchilik o'zbek tilini nega o'rganganimga qiziqadi. Bundan bir necha yil avval tasodifan juda ajoyib qo'shiq eshitib qoldim. Aniqlashtirib, uning o'zbek tilida kuylanganini bildim. Shu tariqa dunyoda o'zbek tili borligini bilib oldim va O'zbekistonga qiziqib qoldim. Yaponiyada o'zbek tilini o'rgatadigan maxsus institutni topib, unda ta'lim oldim. 2016-2017-o'quv yilida Toshkent davlat Sharqshunoslik institutida o'qidim. O'zbekistonda o'tgan bir yilim menda juda katta taassurot qoldirdi. Bugunga qadar ushbu go'zal va boy tilni o'rganishda davom etmoqdaman. Eng katta orzum - o'zbek tilidagi go'zal qo'shiqlarni yapon tiliga tarjima qilib, Yaponiya va O'zbekistonning madaniy hamda turizm aloqalarini yanada kuchaytirish. Naita Rio, Yaponiya Munosabat bildiring 1. Yapon sharqshunosining o'zbek tilini o'rganishiga nima sabab bo'lgan? 2. Siz yurt farzandi sifatida o'zbek tilini rivojlantirish uchun nimalar qilishni xohlaysiz? Munosabat bildiring. Nima uchun har bir millat o'z ona tilining taqdiri uchun kurashadi? Davlat tilida ish yuritish deganda nimani tushunasiz? Qoida 1989-yilning 21-oktabr kuni o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab jamiyatimizda ona tilimizning obro'yi oshdi. Majlislar, ish yuritish, asosan, o'zbek tilida olib boriladigan bo'ldi. Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi. Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o'rganish uchun keng yo'l ochildi. O'zbek tilining xalqaro nufuzini ko'tarish bo'yicha amaliy ishlar boshlandi. 7-mashq. Qoida (nazariy matn)ga asoslanib ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.41 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.41 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
Arxiv ichida: pptx