5-sinf. O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. O'z va o'zlashgan so'zlar

5-sinf. O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. O'z va o'zlashgan so'zlar

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. O'z va o'zlashgan so'zlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. O'z va o'zlashgan so'zlar Aziz tengdoshlar! Muhammad al-Xorazmiyning algebra (algoritm), Abu Ali ibn Sinoning meditsina (tabobat), Abu Rayhon Beruniyning geologiya, Ahmad Farg'oniyning metrologiya (o'lchovlar) fanlariga asos solganidan xabardormisiz? Topshiriq Abu Rayhon Beruniy haqida berilgan matn bilan tanishing, matn ichidagi o'zlashgan so'zlarga ustozingiz yordamida ta'rif bering. Boshqa tillardan so'z o'zlashishining sabablari to'g'risida fikringizni ayting. O'zbek tili leksikasi Til doimiy ravishda boyib boradi. Uning boyishi ikki usul orqali amalga oshiriladi. O'zbek tili leksikasi 1. Ichki imkoniyat asosida. Bunda shevalardan so'z olinadi, yangi so'zlar yasaladi yoki so'z ma'nosi o'zgaradi. Masalan: mengzamoq(o'xshatmoq), raqamlashtirish, dasturchi, sichqoncha kabi O'zbek tili leksikasi 2. Tashqi imkoniyat asosida. Chet tillаrdan so'zlar olinadi. Bunday so'zlarga olinma so'zlar deyiladi. Masalan: fayl, market, metro kabi. O'zbek tili leksikasi Tildagi so'zlar ikki qatlamdan iborat: a) o'z qatlam. Bu qatlamga oid so'zlar azaldan tilimizda qo'llanib kelinayotgan ish, bosh, biz, yigirma kabi umumturkiy va o'zbekcha so'zlardir; b) arab, fors, yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlar o'zlashma qatlamni tashkil etadi. Qalam, bahor, telefon, parta, stol kabi so'zlar shular jumlasidandir. 290-mashq. Matnni o'qing. Nilometr so'ziga izoh bering. Yana shu kabi o'zlashgan so'zlarga misollar keltiring. Buyuk ajdodlarimiz iqtidoriga baho bering. Buyuk vatandoshimiz Ahmad al-Farg'oniy 861-yili arab xalifasining topshirig'iga ko'ra Nil daryosi suvini o'lchaydigan nilometr deb atalgan qurilma yasagan. Mazkur qurilma hozirga qadar Nil daryosi yoqasida saqlanib qolgan. (A.Muhammadjonov) 292-mashq. Bolalar shug'ullanayotgan sport turlari nomini yozing va ularning o'z yoki o'zlashgan qatlamga oid ekanligini aniqlang. 293-mashq. Uyga vazifa O'z va o'zlashgan so'zlarga 10 tadan so'z yozib keling. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.06 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.06 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga