5-sinf. O'zbek tilining lug'at boyligi

5-sinf. O'zbek tilining lug'at boyligi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. O'zbek tilining lug'at boyligi - rasmi

Material tavsifi

O'zbek tilining lug'at boyligi - Bilasizlarmi, o'zbek tili dunyodagi eng boy va go'zal tillardan biridir. Tilimizdagi so'zlar miqdori, ta'sirchanligi, ifodaviyligiga ko'ra hayotimizda alohida o'rin tutadi. - Bu so'zlar - bizning xazinamiz, katta boyligimizdir. Kelinglar, quyidagi rasmga qarab, Tilimizning tillo sandig'i degan mavzuda suhbatlashaylik. Boshladik bo'lmasa! 253-mashq. Qavs ichidagi so'zlardan mosini tanlab, maqollarni to'g'rilab yozing. O'zbek tilining so'z boyligi bo'yicha suhbatlashing. 1. (Qo'li, mushti, bilagi) zo'r birni yiqar, bilimi zo'r - mingni. 2. Ilm - (miya, bosh, aql) chirog'i. 3. Uchishga qanot kerak, o'qishga (sabot, toqat, qanoat) kerak. 4. (Chiroy, go'zallik, husn) - ilm-u ma'rifatda. 254-mashq Nur, yog'du, shu'la; qizil, qirmizi, qip-qizil, lolarang; talabchan, qаttiqqo'l; yayov, piyoda; bajarmoq, ado etmoq so'zlari ishtirokida gaplar tuzing. Bir narsa yoki hodisani bir nechta so'z bilan aytish mumkinmi? Bu nimadan dalolat beradi? O'zbek tilining lug'at boyligi Tildagi barcha so'zlar yig'indisiga shu tilning lug'at tarkibi yoki so'z boyligi deyiladi. O'zbek tilining lug'at boyligi Tilshunoslikning so'z va uning ma'nolarini o'rganadigan bo'limiga leksikologiya deyiladi. Leksikologiya yunoncha lexikos- so'z va logos - ta'limot so'zlaridan olingan. 255-mashq. Matnni o'qing. Fitrat sanab o'tgan uch xil yo'l bilan yasalgan so'zlarga misollar keltiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. Abdurauf Fitrat Adabiyot qoidalari nomli asarida o'zbek tili lug'at boyligining taraqqiyoti masalasiga to'xtalib, shunday yozadi: Dunyo o'zgarib turadir. Hayot kundan yangilashib boradir. Yuz yil burungi ota-bobolarimizning tushlariga ham kirmagan bir ko'b hodisalar, narsalar maydonga chiqib turadir. Bular uchun yangi-yangi otlar taqash lozim bo'ladir. Biz bularning otlarini yo yangidan yasaymiz (uchg'ich, uyushma, boshqarma kabi), yoxud yotlardan olarmiz (elektrik, telefon, poyizd kabi), yo unutilib ketgan eski so'zlarimizni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.2 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.2 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga