Paronimlar Ayting-chi? Yulduzlar tunda falakda nur sochadimi yoki palakda? Ikkala so'z o'rtasidagi farqni bilasizmi? Ular ishtirokida gaplar tuzib ko'ring. 281-mashq Dars va darz so'zlarining ma'nolarini bilasizmi? Ular bir-biriga nisbatan qanday so'zlar sanaladi? Ularni almashtirib qo'llasangiz, noqulay vaziyatga tushib qolmaysizmi? Masalan: Sinf oynasi dars ketdi - Darz o'z vaqtida boshlandi. Paronimlar Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin, lekin ma'nolari farqli bo'lgan so'zlarga paronimlar deyiladi. Masalan: yod - yot, bop - bob, xalos - xolos kabi. 282-mashq. Quyidagi paronim so'zlarni o'z izohlari bilan juftlab ko'chiring. Paronimlar: Xiyla, hiyla; ta'na, tana; aro, oro. Izohlari: Makr, biroz; gavda, dashnom; orasida, pardoz. 283-mashq Quyosh mazkur burjlarga kirganda, tabiatda qanday o'zgarishlar bo'lishini ayting. Burj va burch so'zlariga izoh bering. O'z burjingizni aniqlang va burchingiz haqida gapiring. 284-mashq Azim - azm, borliq - borliq, yoq - yog', zamin - zomin, urush - urish, xat - had, hol - xol, chakka - chekka so'zlari bildirgan ma'nolarni aniqlang, ular ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing. 285-mashq. Uyga vazifa Kechqurun falakka bir lahza qarab turing. Koinot haqidagi tasavvurlaringizni 10-12 gapdan iborat matnda yoriting. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent- 2020 Ushbu taqdimot slaydi mahsulotidir. DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko'paytirish javobgarlikka sabab bo'ladi! ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.45 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
4.45 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan