5-sinf. Q va g' undoshlarining talaffuzi va imlosi

5-sinf. Q va g' undoshlarining talaffuzi va imlosi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Q va g' undoshlarining talaffuzi va imlosi - rasmi

Material tavsifi

Q va g' undoshlarining talaffuzi va imlosi Topshiriq. Matnni diqqat bilan o'qing. Q va g' tovushlarining talaffuzi va imlosiga e'tibor bering. Xasis va uning oltini Xasis bir odam o'zidagi bor-budini sotib, quyma oltin xarid qildi. Eski hovli yo'lagidan yurib bog'ga kirdi, bir qoziq yonida to'xtadi. O'sha yerdan choh qazib, oltinni ko'mib qo'ydi. Har kuni yo'lakka borar va xazinasining butun turganidan xabar olardi. Xasis odamning ishchilaridan biri uning bu yoqqa serqatnov bo'lib qolganini sezib qoldi va sababini bilmoqqa qaror qildi. Tez orada ishchi ko'milgan xazinaning sirini bilib oldi. Yerni kovlab, oltinni o'g'irlab ketdi. Ertasi kuni xasis qozig'i yoniga kelib qarasa, oltin yashirilgan chuqur bo'm-bo'sh. U baqirib sochlarini yuldi, odamlarni qarg'ay boshladi. Xasisning ahvolini ko'rgan qo'shnisi: Iltimos, bunchalik qayg'urma. Borgin-da, tosh olib o'sha chuqurga tashla. Oltinning har doimgidek o'sha yerda yotganini tasavvur qil: oltining chuqurda bormi-yo'qmi, undan senga hech bir naf yo'q edi-ku, - dedi. (Ezop masallaridan) 160-mashq. Matnga tayanib, quyida keltirilgan voqealar rivojining ketma-ketligini raqamlar bilan belgilang. 161-mashq. Test. Ushbu masaldan ko'zlangan maqsad noto'g'ri izohlangan javobni toping. Ayrim undoshlar imlosi Q undoshi bilan tugagan asosga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilsa, bu qo'shimcha -qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan: qaymoqqa, toshloqqa kabi. Xuddi shunday asoslarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, so'z oxiridagi q undoshi g' ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog'i, qishlog'i. Ayrim undoshlar imlosi G' undoshi bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilsa, asos va qo'shimcha qanday aytilishidan qat'i nazar, o'zgarmaydi: bug'ga, bog'ga. 163-mashq. Q va g' tovushlari qatnashgan so'zlarni tinglang. Ularga qo'shimcha qo'shib gaplar tuzing. Qum, qizg'anchiq, qanoat, oriq, g'ubor, yorug', ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.32 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:39 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.32 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga