Qator undoshlar talaffuzi va imlosi 22-mashq. So'zlarni ko'chiring. Tarkibida ikki xil undosh yonma-yon kelgan so'zlarning tagiga chizing. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Himmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do'stlik, g'isht, tabassum, farzand, foyda, qirq, to'xtamoq, o'rtoq, transport, ilhom, ko'rk, mashina, stul, ulkan, aql, daraxt. 223-mashq Mehr, sabr, sayr, ilm so'zlari talaffuzi va yozilishini tahlil qiling. Shunday so'zlar qatorini kengaytiring. Qator undosh va qator unlilar Qator undosh. Faqat bir bo'g'in tarkibida yonma-yon kelgan undosh: afv, daraxt, fikr, go'sht, Samarqand va h.k. Qator unli. So'z tarkibida yonma-yon kelgan har xil unli tovush. Bunday so'zlar boshqa tillardan kirib kelgan: soat, muallim va h.k. Qator undoshlar Bir bo'g'inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so'zlar qator undoshli so'zlardir. Qator undoshlar Qator undosh bilan tugagan ba'zi so'zlar talaffuzida oxirgi undosh deyarli aytilmasa-da, yoziladi: go'sht, do'st, xursand, barg, monand… Qator undoshlar So'z boshida qator undoshning kelishi faqat o'zlashma (boshqa tildan kirgan) so'zlarga tegishli: stol, broker, bloger… 224-mashq. Matndan qo'sh va qator undoshli so'zlarni topib, tagiga chizing. Bir kuni oramizga yangi mehmon - Halima degan qizcha qo'shildi. Uning qishlog'imizga kelganini hammadan avval men bildim. Kechqurun oyim dadam bilan dardlashib o'tirib, aytib qo'ydi. Hakim brigadir bultur urushdan kelgan. Qizi Halimani shahardan olib kelibdi. Qizchasi chaqqongina, zukko ekan. Men Halima bilan tezda do'st bo'lib oldim. (O'.Hoshimov) 225-mashq. Maqollarni ko'chiring. Qo'sh va qator undoshli so'zlarning tagiga chizing. 1. Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. 2. Bulbul chamanni sevar, Odam - Vatanni. 3. Vataning tinch - sen tinch. 4. Vatanga faloqat - o'zingga haloqat. 5. Yordan ayrilgan yetti yil yig'lar, Yurtdan ayrilgan o'lguncha yig'lar. 226-mashq. Uyga ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.97 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.97 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan