Qavm-qarindoshlik bilan bog'liq so'zlar Bilasizlarmi, shajara so'zi arabcha daraxt so'zidan olingan bo'lib, insonlarning kelib chiqishi, qavm-qarindoshlik aloqalari majmuyini bildiradi. Siz o'z shajarangiz haqida o'ylab ko'rganmisiz? 343-mashq Bizning ahil oila mavzusida og'zaki matn tuzing. Bobongiz, buvingiz, amaki, xola, tog'a va ammalaringiz haqida so'zlab bering. Yana qancha qarindosh-urug'laringizni bilasiz. Topshiriq. Adabiyot darsligingizdan olingan matnni o'qing. Qavm-qarindoshlikni ifodalovchi atamalarga diqqat qiling. Bоlа edim, go'dаk edim. Оnаm аkа-ukаlаr hаqidа g'аlаti bir cho'pchаk аytib bergаn edi. Emishki, bir zаmоnlаr ikki аkа-ukа yashаgаn ekаn. Birining оti Ilhаq, ikkinchisiniki Is'hоq ekаn. Ikkаlаsi bir-birini ko'rаrgа ko'zi yo'q, judа nоаhil ekаn. Ulаrning ko'nglini оlаmаn deb, оnаlаri аdоyi tаmоm bo'pti. Shundа qоdir Хudоning qаhri kelibdi-yu, ikkоvining ko'zini ko'r qilib, qushgа аylаntirib qo'yibdi. Shundаginа аkа-ukа bir-birini ko'rmаsа turоlmаsligini, bir-birigа kerаk ekаnligini tushunibdi. O'shаndаn beri ikkаlаsi kechаlаri bo'zlаb bir-birini chаqirib chiqishаrmish-u tоpоlmаs emish (O'tkir Hoshimov) Munosabat bildiring. 344-mashq. Maqollarni ko'chiring, ularda ilgari surilgan g'oya to'g'risida o'z fikringizni ayting. Qavm-qarindoshlikka oid so'zlarning tagiga chizing. 1. Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi. 2. Ota - xazina, aka-uka - tayanch, do'st esa har ikkalasi. 3. Ota-bola - bog', biri - gul, biri - bog'bon. 4. Onalik uyning ori bor, Otalik uyning - zari. 5. Amma keldi - hamma keldi. 6. Xola - ikkinchi ona. 345-mashq. Uyga vazifa Oilangizning shajara daraxtini chizing va shoxlariga qarindosh-urug'laringizni joylashtiring. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent- 2020 Ushbu taqdimot slaydi mahsulotidir. DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.81 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.81 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan