Qo'sh undoshlar talaffuzi va imlosi 218-mashq. Quyidagi so'zlarni o'qing. Qanday talaffuz qilinayotganiga diqqat qiling. Yonma-yon kelgan bir xil undoshning bittasi deyarli eshitilmaydigan so'zlarni ajratib daftaringizga yozing. Quvvat, izzat, karra, murabbiy, munaqqid, taassurot, taajjub, taalluqli, million, minnatdor, komissiya, milliard, qassob, hissa, grammatika, iffat. Qo'sh undosh va qo'sh unlilar Qo'sh undosh. Gapdagi ma'lum bir so'zlarda ikki undosh yonma-yon keladi: million, taalluqli, izzat, novvot va h.k. Qo'sh unli. Gapdagi ma'lum bir so'zlarda ikki unli yonma-yon keladi: murojaat, mutolaa, tabiiy, taassurot va h.k. Qo'sh undoshlar Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so'zlar qo'sh undoshli so'zlardir. Ba'zi so'zlarda qo'sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: quvvat, chaqqon. Qo'sh undoshlar Ayrim chet tilidan o'zlashgan so'zlarda qo'sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo'sh undosh bilan yoziladi: million, komissiya, artilleriya. Qo'sh undoshlar Gramm, metall, kongress kabi so'zlar oxirida kelgan qo'sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so'zlarga shunday tovush bilan boshlanadigan qo'shimchalar qo'shilganda, qo'sh undoshning biri yozilmaydi: metall+-lar→metallar. 219-mashq. Gaplardagi qo'sh undoshli so'zlarni ikki guruhga ajratib ko'chiring. Birinchi guruhga qo'sh undoshlarning biri talaffuz etiladigan so'zlarni, ikkinchisiga qo'sh undoshlarning ikkalasi ham aniq talaffuz qilinadigan so'zlarni yozing. 1. Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop-qorong'i. (X. To'xtaboyev) 2. Shu chog' artilleriya qismlari og'ir to'plar bilan ota boshladi. (Oybek) 3. Suvi mo'l-ko'l bog'larda yayrar ekansan, bulbul. Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko'rinarkansan arang. (Abdurahmon Akbar) 220-mashq. Qo'sh undoshli so'zlarning izohiga e'tibor bering. Jadvaldagi so'zlarning qo'sh undoshidan birini tushirib yozing va ma'nosini izohlang. Masalan: ushshoq - ushoq (non urvog'i). 221-mashq. Uyga ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan