Qo'shib yozish Topshiriq. Matnni o'qing, ajratilgan so'zlarning yozilishiga e'tibor bering. Yozda men Uchtog' bag'ridagi Oltinsoy qishlog'ida buvamlarnikida mehmonda bo'ldim. U yerdagi shifobahsh buloq, orombahsh dam olish maskanlari, tog' hayvonlari va o'simliklari jamlangan ajoyibxona menda katta taassurot qoldirdi. Tog'rayhon, kiyiko't, gulxayri, uchbarg, omonqora, qushqo'nmas kabi o'simliklardan gerbariy tayyorladim. Yurtimizning boy va takrorlanmas tabiati meni lol qoldirdi. Uni yanada yaxshiroq o'rganishga ahd qildim. (Gulxan jurnalidan) Munosabat bildiring. 235-mashq. Matndagi ikki asosdan iborat qo'shib yoziladigan so'zlarni ajratib, daftaringizga ko'chiring. Masalan: Uchtog', Oltinsoy, Qo'shib yozish Xona, noma, poya, bop, ham, bahsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, aro kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo'ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug'doyrang, shaharlararo, hurmattalab, havorang va h.k. Qo'shib yozish -ar, -mas qo'shimchasi bilan yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi. Qo'shib yozish Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo'rg'on, Davlatobod, Xo'jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko'hna Urganch, G'arbiy Yevropakabi joy nomlari ajratib yoziladi. Qo'shib yozish Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto'lqin, elektrarra kabi. 236-mashq Tarkibida xona, noma, xush, bahsh, rang so'zlari bo'lgan qo'shib yoziladigan so'zlarga 4 tadan misol yozing: oshxona… 237-mashq. Berilgan so'zlarni asoslarga ajrating. Otboqar, xushmanzara, hurmattalab, qabulxona, gultojixo'roz, otquloq, oybolta, suvilon, cho'lyalpiz, Yangiyo'l, Mirzacho'l, fotoapparat. 238-mashq. Uyga vazifa Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bo'lgan qo'shib yoziladigan so'zlarga 5 tadan misol yozing. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.83 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:39
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.83 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:39 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan