MATEMATIKA VA INFORMATIKA FANI O'QITUVCHISI XURRAMOVA FARIDA NISHON TUMAN 38-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI 5-SINF MATEMATIKA Mavzu: Sonli va harfli ifodalar 1-rasmda tasvirlangan, tomonlari 4 sm va 6 sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning perimetri nimaga teng? 1-rasm 6 sm 4 sm yechish: Sonlar, arifmetik amallar va qavslardan tuzilgan bunday ifodalar sonli ifodalar deb ataladi. Sonli ifodada amallar belgilangan tartibda bajarilsa, sonli ifodaning qiymati hosil bo'ladi Yuqoridagi sonli ifodaning qiymati, ya'ni to'g'ri to'rtburchakning perimetrini hisoblaymiz: Javob: to'g'ri to'rtburchakning perimetri 20 sm ga teng. Tomonlari 4 sm va a sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning perimetri nimaga teng bo'ladi? 4 sm a sm Sonlar, arifmetik amallar, qavslar bilan bir qatorda harflar ham ishtirok etgan ifoda harfli yoki harfiy ifoda deb ataladi. Harfli ifodalarda son va harf yoki harflar o'rtasidagi ko'paytirish amali belgisi yozilmaydi. Shuningdek, harfiy ifodada ko'paytuvchilar son va harf bo'lsa, sonni harfdan oldin yozishga kelishilgan. Harfli ifodadagi harf o'rniga turli sonlarni qo'yish mumkin. Bu sonlar harfning qiymatlari deb ataladi. Harfli ifodadagi harf o'rniga son qo'yib hisoblaganda chiqqan natijaga harfli ifodaning qiymati deyiladi. Misol: Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa birinchi soatdagidan m dona ko'p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda tayyorlagan detallar sonini ifodalaydigan harfli ifoda tuzing. Harfli ifodaning m 4 ga 8 ga teng bo'lgandagi qiymatini toping. yechish: 188-misol. Sonli ifodaning qiymatini toping: yechish: 189-misol. Harfli ifodaning qiymatini toping: yechish: 190-misol. Harfli ifodaning qiymatini toping: yechish: Uyga vazifa: 195-196 -misollar E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:40
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:40 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan