So'roq belgisining ishlatilishi Aziz tengdoshlar! Bu belgining qaysi o'rinlarda ishlatilishini bilasizmi? Topshiriq. Matnni o'qing. Aqlli bolaning javobi Podshohlardan biri o'z vazirinikiga mehmonga boribdi. Vazir-ning odobli, so'zi chiroyli o'g'li bor ekan. Podshoh o'sha bolani yoniga o'tqazib, undan so'rabdi: - Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? - Qachon podshoh otamning uyida bo'lsa, albatta, otamning uyi chiroyli! - deb javob beribdi bola. Keyin podshoh barmog'idagi qimmatbaho uzukni ko'rsatib undan so'rabdi: - Bu uzukdan ham chiroylisini ko'rganmisan? - Ha! Uzuk taqilgan qo'l uzukdan chiroyli, - debdi bola. Podshoh uning hozirjavobligidan taajjublanib, yana so'rabdi: - Mendan keyin podshoh bo'lishni istaysanmi? - Podshohning o'g'li mendan ko'ra podshohlikka haqliroq, - debdi bola. Bu javobdan podshohning shodligi yanada oshib, vazirning o'g'liga bergan tarbiyasidan mamnun bo'libdi. (Bola odobi bilan aziz kitobidan) Munosabat bildiring. Kattalar amaldorlarni maqtayversa, xushomadgo'y deyishadi. Bolalar maqtasa-chi? Ular xushomad, laganbardorlikni bilishadimi? So'roq gaplar Batafsil, ancha-muncha, voyvoylamoq, krossvord, diyonat, repititsiya, ta'mirlamoq, zalvarli, jilovlamoq, ibtidoiy, birmuncha, yigirmata, ilg'or, shu'lalanmoq, yarim, saranjom-sarishta, ozgina, adib, shug'ullanmoq. 427-mashq. Quyidagi so'zlarga savol berib, jadvalga joylang. Yozilishiga va ma'nosiga diqqat qiling. 428-mashq. Ushbu gaplarni so'roq gaplarga aylantirib ko'chiring. 1. Yaxshilikdan so'zlagan foyda topadi, yomon gapirgan gunohkor bo'ladi. (Luqmoni Hakim) 2. Boshqalarni hurmat qilgan odamgina hurmatga loyiq. (Suxomlinskiy) 3. Hayotning har lahzasi go'zal, Umrning har dami g'animat. (Anvar Obidjon) 429-mashq. Topishmoqlarning javobini toping va yozing. 1. Dengizi bor - suvi yo'q, Yo'llari bor - izi yo'q. U nima? 2. Kun yuzini ko'rmadim degan kim? 3. Ko'kda ko'rdim ko'prik, Rangi yetti turlik. Bu nima? 4. Mevasini el olar, Barglarini yel olar. Bu-chi? 5. Bozordan oldim bir ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.1 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:40
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.1 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:40 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan