5-sinf. So'zlarda tovush tushishi

5-sinf. So'zlarda tovush tushishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. So'zlarda tovush tushishi - rasmi

Material tavsifi

So'zlarda tovush tushishi Yozuvda aks etadigan tovush o'zgarishlari Tovush tushishi shahar+i= shahri yig'i+la=yig'la qizil+ar=qizar ulug'+ay= ulg'ay past+ay=pasay qayir+il=qayril Tovush almashishi son+a=sana sayla+v=saylov ot+a=ata chanqa+v=chanqov yosh+a=yasha ong+la=angla Tovush orttirilishi u+ga=unga shu+da=shunda obro'+im=obro'yim shu+ga=shunga achi+q=achchiq parvo+im=parvoyim Qoida Qoida Topshiriq. Matnni o'qing. Matnda ajratilgan so'zlarning talaffuzi va yozilishiga e'tibor bering. Diniy ma'rifatni targ'ib qilishda, tinch va pokiza hayot kechirishda bizga ibrat bo'ladigan ulug' bobolarimizdan biri Bahouddin NAQSHband sanaladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog'ida tavallud topgan. Bolalik chog'idanoq ko'ngli ilmga moyil bo'lgan. Bahouddin NAQSHband ilmni puxta o'rganish va targ'ib qilish bilan birgalikda usta hunarmand sanalgan. Shoyi gazlamalarga, temir va mis buyumlarga nAQSH solish bilan kun kechirgan. Umrini insonlarga xolis xizmat qilish bilan o'tkazgan. O'z ta'limotiga Dast ba kor-u dil ba yor!, ya'ni Qo'ling ishda va diling Allohda bo'lsin! degan g'oyani bosh shior qilib olgan. Shu bois Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi Sharq allomalari uni o'zlariga pir (ustoz) deb bilishgan. Munosabat bildiring. 84-mashq. Ikki, olti, yetti so'zlariga -ov, -ala, -ovlon qo'shimchalarini qo'shib yozing, sodir bo'lgan o'zgarishga diqqat qiling. 85-mashq Past, sust so'zlariga -ay qo'shimchasini, qayir, ayir fe'llariga -il qo'shimchasini qo'shib yozing. Sodir bo'lgan o'zgarishni ayting. 86-mashq. Maqollar mazmuniga diqqat qilib, daftaringizga ko'chiring. Tovush tushishi hodisasiga uchragan so'zlarning tagiga chizing. 1. Yig'lab-yig'lab marza (ariq sirti, pushta, egat), olsang, O'ynab-o'ynab sug'orasan. 2. Ishlaganning og'zi oshga tegar, Ishlamaganning boshi - toshga. 3. Tuyaga yantoq kerak bo'lsa, bo'ynini cho'zar. 4. Berarman (beruvchi)ga beshov ko'p, olarman (oluvchi)ga oltov oz. 5. Ko'ngli ochiqning qo'li ochiq, qo'li ochiqning - yo'li. 87-mashq. Quyidagi so'zlarga -im egalik qo'shimchasini qo'shib ko'chiring. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.95 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.95 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga