5-sinf. Tarbiya. Sog'lig'imiz - boyligimiz

5-sinf. Tarbiya. Sog'lig'imiz - boyligimiz

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Tarbiya. Sog'lig'imiz - boyligimiz - rasmi

Material tavsifi

ANDIJON SHAHAR 5-UMUMTA'LIM MAKTABI TARBIYA FANI O'QITUVCHISI FERUZA RAXMATULLAYEVA MAVZU: SOG'LIG'IMIZ - BOYLIGIMIZ Sog'lom turmush tarziga AMAL QILISH Salbiy odatlarNING organizmga TA'SIRI Jismoniy mashg'ulotlarNING MUHIMLIGI Sog'lom bo'lish uchun qoidalar Dunyoda boyliklarning ko'p turlari mavjud, biroq eng asosiysi sog'liqdir. Mustahkam sog'liq insonning uzoq va faol umr kechirishini ta'minlaydi. U o'ylagan rejalarimizni amalga oshirishga, qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Agar inson sog'lom turmush tarziga amal qilsa: to'g'ri ovqatlansa, kun tartibi va shaxsiy gigiyena qoidala riga rioya qilsa, sport bilan shug'ullansa u o'zini yaxshi his qiladi, kam charchaydi hamda ko'proq ishlarga ulguradi. Sog'lom turmush tarziga rioya qilish - bu juda foydali odat! Ba'zi insonlarda yomon odatlar ham bo'ladi. Masalan: chekish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, kompyuter oldida uzoq vaqt o'tirish va boshqalar. Bunday odatlardan insonning sog'lig'i va ahvoli yomonlashadi. Bunday odatlardan insonning sog'lig'i va ahvoli yomonlashadi. Mazkur holatlar insonlar uchun xavfli, tanlov esa o'ziga bog'liq: kimdir sog'lom turmush tarziga amal qiladi, kimdir o'z sog'lig'iga o'zi zarar yetkazadi. Sog'lom turmush tarzining asosiy qoidalari: kun tartibi; toza havo; faol harakat; foydali oziq-ovqat mahsulotlari; ruhiy va emotsional holat uyg'unligi. Jismonan va ruhan sog'lom odam yuqori darajada g'ayrat va kuch-quvvatga ega bo'ladi Kuch manbalaridan biri - bu jismoniy mashqlar. Sport bizga kuch-quvvat va yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi, o'qish hamda kundalik mashg'ulotlar bilan faol shug'ullanishimizga yordam beradi. Abu Ali ibn Sinoni Yevropada Avitsenna deb ataydilar. Allomaning dono maslahatlariga bugungi kunda ham amal qilinadi. Ibn Sinoning hayotidagi asosiy mashg'uloti tibbiyot bo'lgan. 16 yoshidayoq uni Buxoro amirini davolash uchun taklif qilganlar. Shundan keyin Ibn Sino ko'plab Sharq hukmdorlarining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.58 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 5.58 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga