5-sinf. Tilning ijtimoiy ahamiyati

5-sinf. Tilning ijtimoiy ahamiyati

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Tilning ijtimoiy ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Tilning ijtimoiy ahamiyati Til - millatning ko'zgusi, deydilar. Bu ko'zguni gard-g'uborlardan, chang-to'zonlardan soniya sayin tozalay borish har birimiz ning farzandlik, fuqarolik burchimizdir. Til - o'zagimizning, o'zligimizning, o'ziga bekligimizning bosh belgisidir. Til - millatning ruhi, - deyiladi, - til yo'qolsa, millat ham tamom bo'ladi. Til yashasa, millat ham yashaydi. Munosabat bildiring Shoir Til - o'zagimizning, o'zligimizning, bekligimizning bosh belgisi deganda, nimalarni nazarda tutganligini tushuntirishga harakat qiling. Munosabat bildiring. Munosabat bildiring Tilni yo'qotmaslik uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz? Munosabat bildiring. Tilga e'tibor - elga e'tibor Munosabat bildiring Nima sababdan o'zbek tili yoki o'zbek adabiy tili deganda dastlab Alisher Navoiy nomini yodga olamiz? Munosabat bildiring. 2-mashq. Quyidagi fikrlarga qo'shilasizmi va nima uchun? 1. Til bilmasdan chet ellarga borgan odam qiyin vaziyatga tushib qoladi. 2. Til yo'qolsa, millat ham yo'qolib ketadi. 3. Inson o'z hayoti davomida ko'plab tillarni o'rgana olishi mumkin. Qoida Til kishilar o'rtasidagi aloqa-aralashuv qurolidir. Shunga ko'ra u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til vositasida fikrlaymiz va boshqalarga fikrimizni uzatamiz. Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi. 3-mashq. Rasmdagi turli millat vakillarining ona tili qaysi til? 4-mashq.Til haqidagi maqollarni davom ettiring. 5-mashq. Uyga vazifa Til haqida maqol, she'r, rivoyatlar topib, yozib keling. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent- 2020 Ushbu taqdimot slaydi mahsulotidir. DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko'paytirish javobgarlikka sabab bo'ladi! ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.81 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.81 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga